«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rahim Sterling, katta ehtimol bilan, Germaniyaning sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi "Puma" kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi.
"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, agar angliyalik futbolchi"Nike" bilan kelishuvni uzaytirmasa, u "Puma"ning taklifini qabul qiladi hamda 10 yil davomida 100 million funt sterling miqdorida daromad oladi.
Buning oqibatida Rahim «Puma» uchun marketing strategiyasining yuzi hamda kompaniya bilan eng yirik miqdorda shartnoma imzolagan futbolchiga aylanadi.
Germaniya kompaniyasining «Manchester Siti» klubi bilan shartnomasi mavjud. Unga ko‘ra "shaharliklar" 10 yil davomida 650 million funt ishlab olishadi.
Shuningdek, "Puma" klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola, hujumchisi Serxio Aguero, yarim himoyachisi David Silva, himoyachisi Aleksandr Zinchenko bilan hamkorlik qiladi.
2019 yilning avgust oyida "Air Jordan" bilan imzolangan shartnoma orqali futbolchi 100 million funt ishlab topishi ma’lum qilingan edi. Sterling ushbu brendning butsalaridan foydalanadi.