Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Shohruh Gadoyev: «Mashg‘ulotlar davom etyapti»

Shohruh Gadoyev: «Mashg‘ulotlar davom etyapti»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Bunyodkor»da o‘tkazgan Shohruh Gadoyev 2020 yilni Ozarbayjonning «Keshla» jamoasi tarkibida boshlaganidan xabaringiz bor. Biz karantinni Ozarbayjonda o‘tkazayotgan futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

- Avvalo O‘zbekiston xalqiga, yurtdoshlarimiz, futbol muxlislariga salom yo‘llayman! Ayni kunlarda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida koronavirus sababli karantin e’lon qilingan. Xususan, shu kunlarda men istiqomat qilib turgan Ozarbayjonda ham karantin. Bu yerda chempionatning so‘nggi uchrashuvini 8 mart kuni o‘tkazganmiz. Navbatdagi bahsimiz 14 martda bo‘lib o‘tishi lozim edi. Shu bellashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganimizda hukumat karantin e’lon qildi. Mana oradan ikki oy o‘tdiki, hali karantin bekor qilingani yo‘q. Futbolchi uchun futbolsiz hayot qanchalik qiyin va zeriklarli ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘ldim.

Ozarbayjonda ham karantinni ilk kunlari qattiq tartibda o‘tdi. Belgilangan qarorga ko‘ra 5 may kuni mamlakatda karantin yakunlanishi kerak edi, biroq hukumat muddatni 31 may sanasiga qadar cho‘zdi. Lekin kechadan boshlab tartib biroz yengillashdi. O‘zbekiston bilan solishtiradigan bo‘lsak talablar orasida deyarli farq yo‘q. Bu yerda ham avtomashinada yurish uchun maxsus ruxsatnoma olish kerak. Ko‘chaga chiqish tartiblarida ham farq ko‘rmaysiz. Amal qilmagan jarima to‘laydi.

Federasiya chempionatni muddatidan oldin tugatish yoki davom ettirish haqida yakuniy qarorni qabul qilmadi. Mashg‘ulot o‘tkazyapmiz, faqat maydonda emas, balki uyda. Aniqrog‘i, jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi ijtimoiy tarmoq orqali onlayn tarzda mashg‘ulot o‘tkazyapti.

Xalqimizdan karantin qoidalariga qat’iy amal qilib, virusni tezroq chekinishiga hissa qo‘shishini so‘rab qolaman.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 17:22, 08.05.2020.
O'qildi: 4032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.