Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Paxtakor»ning uch futbolchisi o‘z yurtida asr o‘yinchilariga aylangan

«Paxtakor»ning uch futbolchisi o‘z yurtida asr o‘yinchilariga aylangan

Baho:
+ | -

Turli yillar mobaynida «Paxtakor» safida to‘p tepgan uch futbolchi XX asrda o‘z mamlakatlarida eng yaxshi o‘yinchilar sifatida e’tirof etilgan.

— Gennadiy Krasniskiy O‘zbekistonda XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Buni aksariyat muxlislar yaxshi bilishadi. U faoliyati davomida "Paxtakor" uchun chempionatlarda 322 o‘yinda 142 gol muallifiga aylangan.

— 1972-75 yillarda jamoamizda o‘ynagan Vasilis Xadzipanagis esa 96 bellashuvda 22 gol muallifi bo‘lgan. U Gresiyada XX asrning 2-yarmida eng yaxshi futbolchi sifatida tan olingan. Eng yaxshi unvoniga ega chiqish uchun unga Gresiya chempionligi ham kerak bo‘lmagan.

— Xoren Oganesyan 1990-91 yillarda chempionat bahslarida 46 o‘yinda 10 to‘p kiritgan. Armanistonda Oganesyan XX asrning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. Uzoq yillar SSSR terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan.

— "Paxtakor" tarkibida o‘z mamlakatida asrning tengsiz futbolchilari bo‘lgan uch o‘yinchini jamlay olgan buyuk klublardan biridir.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 19:56, 08.05.2020.
O'qildi: 6096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик