Italiyalik sobiq himoyachi Fabio Kannavaro argentinalik futbol afsonalari - Maradona va Messilarni o‘zaro taqqosladi.
Hozirda faoliyatini Xitoyda davom ettirayotgan italiyalik mutaxassis o‘z vaqtida Maradona va Messilarga qarshi o‘ynashga ulgurgan.
«Messini juda hurmat qilaman. Agar hozirgi avlod haqida gapiradigan bo‘lsam, u holda Messi eng zo‘ri. Biroq, o‘z dunyolik Maradona bor. Shuning uchun, agar bu ikki futbolchini taqqoslaydigan bo‘lsam, u holda Diyegoni tanlagan bo‘lardim.
Ehtimol yillar o‘tib Lionel Messi ham Maradona kabi maqtovlarga loyiq bo‘lar. Unga bo‘lgan munosabatimiz faqatgina u faoliyatini yakunlagandagina yaxshilanishi mumkin», — dedi Fabio Kannavaro.