Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘zbekiston futboli vakillari ham Sardoba fojeasidan jabrlanganlarga ko‘mak ko‘rsatdi

O‘zbekiston futboli vakillari ham Sardoba fojeasidan jabrlanganlarga ko‘mak ko‘rsatdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbek futboli vakillari Sirdaryo viloyatida yuz bergan Sardoba fojeasidan ziyon ko‘rgan oilalar holidan xabar olishdi.

Ushbu xayriyada O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilari Timur Kapadze va Azizbek Haydarov ishtirok etishdi.

Ushbu vaziyatga befarq bo‘lmagan futbolchi va murabbiylar tomonidan katta miqdorda pul mablag‘lari xayriya qilindi. Bugun futbolimiz vakillari ushbu pul mablag‘lari va oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklardan iborat xayriya yuklarini 300 ta oilaga tarqatishdi.



O‘zbek futbolining mashhur vakillari sardobalik aholi bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan holda ruhiy dalda berishga harakat qilishdi.

Ushbu xayriya jarayonida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari hamda legioner futbolchilarning hissasi katta bo‘lganligini ta’kidlab o‘tish zarur. Shuningdek, mahalliy murabbiylar va futbolchilar ham jabrlangan oilalarga yordam ko‘rsatishda faol bo‘lishmoqda.



Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 05:09, 10.05.2020.
O'qildi: 3405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.