Angliya premyer-ligasi mavsumni qayta boshlash uchun tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda. "The Telegraph" tarqatgan xabarga ko‘ra, 14 may sanasidan futbolchilar koronavirusga test topshira boshlashadi.
Premyer-liga bu borada Gonkongning biotexnologiya kompaniyasi bilan 4 million funt sterling miqdorida shartnoma imzoladi. Ma’lumotlarga qaraganda, test natijasi 24 soatdan keyin aniq bo‘ladi.