Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Xitoydagi eng qimmat futbolchilar bilan tanishning

Xitoydagi eng qimmat futbolchilar bilan tanishning

Baho:
+ | -

Stadion.uz transfermarket portalining yangilangan narxlari bo‘yicha Xitoyda to‘p surayotgan eng qimmat futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bugun e’tiboringizga, Odil Ahmedovdan ham qimmatroq bo‘lgan “yulduzlar ligasi”dagi eng transfer narxi baland futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

 

10. Renato Augusto Beyszin Goan» – 7 mln ​​evro

Birinchilardan bo‘lib Xitoyga katta maosh evaziga tashrif buyurgan futbolchilardan biri Renato Agusto desak, adashmagan bo‘lamiz. Qahramonimiz Xitoyda o‘zining 4-mavsumini o‘tkazmoqda. Tan olish lozim, o‘tgan vaqt mobaynida Renato o‘z jamoasining chinakam yetakchisiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. 129 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi hisobida 36 ta gol va 38 ta assist mavjud.

 

9. Solomon Rondon «Dalyan Ifan» 8 million yevro

Yevropaning bir nechta nomdor jamoalarida to‘p surgan hujumchi o‘tgan yilning yoz oyidayoq Xitoyga yo‘l olgan edi. Qahramonimi tez orada chempionatning to‘purari bo‘lishi tahmin qilingan edi, biroq korona-tanaffus barchasini barbor qildi. Shunga qaramay, Rondon 12 ta uchrashuvda 5 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga ulgurib qoldi.

 

8. Rojer Gedish «Shandun Lunen» 9 million yevro

Bugungi ro‘yxatimizdagi eng yosh futbolchi. Qahramonimiz “Palmeyras” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2018-yilda bir nechta top jamoalar nishonida turgan edi. Uning “Chelsi”ga o‘tishi haqida mish-mishlar urchigan bir pallada, Gedish Chin o‘lkasiga yo‘l olishga qaror qiladi. Ayni damda, esa unga bo‘lgan top klublardan qiziqish to‘liq yo‘qolib bo‘ldi.

 

7. Sedrik Bakambu «Beyszin Goan» 12 million yevro

Bir paytlar Egor Krimets o‘rnashib keta olmagan jamoada Sedrik chinakamiga super yulduzga aylandi desak, adashmagan bo‘lamiz. Klub sharafini atigi 2 mavsum himoya qilganiga qaramay, Bakambu 55 ta uchrashuvda 39 ta gol va 14 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

 

El-SHaaravi «Shanxay Shenxua» 13 million yevro

Italiyalik futbolchining kutilmaganda Xitoyga yo‘l olishi, ko‘pchilikda ajablanish hisini uyg‘otgan edi. Klub uni 2019-yilda sotib oldi va uni jamoadagi eng katta maosh oladigan futbolchiga aylantirdi. Hujumchi esa, bunday iltifotga bor yo‘gi 4 ta gol bilan javob qaytardi xolos.

Aleks Teyshera «Szyansu Sunin» 13,5 million yevro

Aleks Xitoydan kelib tushgam fantasticshartnomani qo‘ldan boy bermaslik uchun “Liverpul”, “Arsenal” va xatto “Yuventus” singari jamoalarning taklifini rad etganida, ko‘pchilik hayron qolgan edi. Yosh iqtidorli braziliyalik futbolchining kutilmagana Xitoyga yo‘l olishi «Szyansu Sunin» uchun katta manfaat keltirdi. 2016-yildan beri jamoa sharafini himoya qilayotgan futbolchi 133 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 63 ta gol va 38 ta assist! Shunchaki fantastik statistika.

Anderson Taliska «Guanchjou Evergrand» – 16 million yevro

“Benfika” jamoasi tarbiyalanuvchisi “Beshiktosh” safida YCHLda porlagach, bir nechta klublardan takliflar kelib tushadi. Qahramonimiz esa, bugungi ro‘xatimizdagi futbolchilar singari muoliyaviy qulay shartnomani tanlaydi va «Guanchjou Evergrand» futbolchisiga aylanadi. Tan olish lozim, u Xitoy chempionatini qisqa muddatda zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. 45 bor ichki birinchilik uchrashuvlarida maydonga tushgan Taliska 32 ta gol va 11 ta assistni amalga oshirgan.

Marko Arnautovich «Shanxay SIPG» – 16 million yevro

Marko Dunyoning eng kuchli birinchilik sanalmush, APLni tashlab Xitoy chempionatiga kelgani bejizga emas. Qahramonimizga «Shanxay SIPG» sobiq jamoasidan naqd 12 bor ko‘proq maosh berishi manzur kelgan ko‘rinadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Marko o‘zini Xitoy chempionatida yomon his etmayapti. 16 ta uchrashuv va 10 ta gol. Debyut mavsum uchun chakki natija emas.

Paulino «Shanxay SIPG» – 16 million yevro

Paulino jamoasining chinakam yetakchisi sanaladi. U o‘z vaqtida “Barselona” jamoasi safida ham ajoyin mavsumni o‘tkazgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. 31 yoshli futbolchning bugungi kunda Shanxay shaxri klubi uchun 156 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi. 63 ta gol 25 ta assista yarim himoyachi uchun ajoyib natija. Bejizga Paulinoni klub ortga qaytarib olmagan ko‘rinadi.

Oskar «Shanxay SIPG» – 19 mln yevro

Odil Ahmedovning jamoadoshi katta pul ilinjida birinchilardan bo‘lib Xitoyga yo‘l olganlardan biri sanaladi. “Chelsi”dagi ishonchli o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Oskar bugungi kunda «Shanxay SIPG»ning chinakam yetakchisiga aylanib bo‘ldi. 123 ta uchrashuv, 39 ta gol, 66 ta assist. Bundan tashqari, Oskar bir necha bor Yevropa jamoalarining takliflarini rad etish orqali, klubga sodiq ekanligni namoyish etib kelmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:55, 11.05.2020.
O'qildi: 7878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.