Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Paxtakor»: Ajoyib «kambek» tarixi

«Paxtakor»: Ajoyib «kambek» tarixi

Baho:
+ | -

1998 yil Osiyo kubok egalari Kubogida ishtirok etgan «Paxtakor» Osiyo klublar turnirlaridagi eng ajoyib "kambek"lardan birini uddalagan.

Birinchi bosqichda Tojikistonning "Xo‘jand" jamoasini ikki o‘yinda 5:2 hisobida dog‘da qoldirgan "Paxtakor" nimchorak finalda Turkmanistonning "Nisa" klubi bilan to‘qnash keladi. Mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan jamoamiz Ashxoboddagi birinchi o‘yinda kutilmaganda 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikki haftadan keyin Toshkentda o‘tadigan javob bahsida Vega da Silva shogirdlarini murakkab vazifa kutib turardi. Qolaversa, "Nisa" Qurbon Berdiyev boshchiligida yaxshi o‘yin namoyish etayotgandi.

23 oktyabr kuni "Paxtakor" stadioni muxlislar bilan liq to‘ldi. O‘yinni ko‘rish uchun 50 ming muxlis tashrif buyurgan. Bellashuv boshlanishi bilanoq hujumga o‘tgan jamoamiz ilk daqiqadayoq penalti ishlaydi va raqib posboni so‘nggi umid foli uchun maydondan chetlatiladi. Penaltini Mirjalol Qosimov aniq amalga oshiradi. Raqibning kamchilik bo‘lib qolganidan foydalangan jamoamiz tinimsiz hujum uyushtirishga tushadi. Birinchi bo‘limning o‘zida umumiy farq minimal ko‘rinishga keltiriladi. Aleksandr Xvostunov, Mirjalol Qosimov va Igor Shkvirin kiritgan to‘plar natijasida hisob 45-daqiqada 4:0ga yetadi. Ikkinchi bo‘limda yana ikki gol urib, darvoza daxlsizligini saqlab qolish talab etilardi.

67-daqiqada Andrey Strelsov o‘rniga o‘yinga qo‘shilgan Dilmurod Nazarov beshinchi golga mualliflik qiladi. Hal qiluvchi gol esa faoliyati mobaynida 300dan ortiq to‘p muallifi bo‘lgan Igor Shkvirin hisobiga yoziladi. Shu tariqa "Paxtakor" uddalash juda ham qiyin bo‘lgan vazifaning uddasidan chiqadi. Bu Osiyo klublar musobaqalarida amalga oshirilgan eng buyuk "kambek"lardan biri sanaladi.

"PAXTAKOR" — "NISA" Turkmaniston — 6:0 (4:0)
1998 yil, 23 oktyabr. "Paxtakor" stadioni. 50000 tomoshabin.
"Paxtakor": Roshin, Ashurmatov, Shoymardonov, Qosimov, Qambaraliyev, Strelsov (D.Nazarov, 55), Xvostunov, Shirshov (Aliyev, 61), Xodiyev (Abduraimov, 25), Shkvirin, Akopyans.
Gollar: Qosimov, 3-pen - 1:0. Xvostunov, 18 - 2:0. Qosimov, 30 - 3:0. Shkvirin, 45 - 4:0. D.Nazarov, 67 - 5:0. Shkvirin, 75 - 6:0.
Chetlatish: Berdiyev, 1 ("Nisa").
Hakam: Koilparambil (Hindiston).

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 20:53, 15.05.2020.
O'qildi: 4715 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.