Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Futbol Pikassosi

Futbol Pikassosi

Baho:
+ | -

1979 yilning 19 may kuni Italiyaning Lombardiyasida futbol Pikassosi nomiga erishgan Andrea Pirlo tug‘ildi. Uning bosib o‘tgan yo‘li, qay jamoalar libosida o‘ynagani haqida gaplashmaylik, keling, chunki Pirloga o‘zi kabi sal originalroq yondoshsak to‘g‘ri bo‘ladi.

Uni o‘z vaqtida, «Barselona» boshqaruviga kelgan kuniyoq, Pep Gvardiola jamoasi safida ko‘rishni orzu qilgandi. Xavi - Inyesta - Pirlo: tasavvur qilyapsizmi?

Uni Paylo Dibala o‘z kumiri deb biladi. Argentinalik hujumchi «Yuventus«da porlagan ikki futbolchini «tan olar» ekan — Pirlo va Del Pyeroni.

U «Milan»ni tark etayotganida Galliani unga klub emblemasi tushirilgan birgina ruchka sovg‘a qilgan va «Yuventus» bilan shartnomaga imzo chekma bu ruchka bilan» deb hazillashgan ekan. O‘n yil jamoaga borini berib, bir necha sovrinlar yutishda ko‘maklashib, xayrlashuv faqat bir ruchka va kulgili bo‘lmagan hazil bilan yakunlangan. Ammo Pirlo o‘shanda ham indamay ketgandi.

U «Inter», «Milan», «Yuventus» kabi «ajdarho»larning har birida maydonga tushgan bo‘lsa-da, bu jamoalar muxlislari Pirloni hurmat qilishadi. Mana shunday bo‘la oladigan boshqa italiyalik bormi?

U haqida Jennaro Gattuzo shunday degandi: «Men ilk bor Pirloning to‘p uzatishlari va to‘p bilan qilayotgan muomalasini ko‘rib, o‘ylab qoldim, nahotki bu harakatlarni ko‘rgan boshqa insonlar meni haliyam futbolchi deb o‘ylashsa...»

Uning aqliy fikrlashi va aniq to‘p uzatmalaridan kelib chiqib, ko‘pchilik matematika va geometriya haqida gapirsa-da, Pirlo bu fanlardan yaxshi o‘qimaganini ochiq tan oladi. Uni ko‘proq musavvirlik qiziqtirgan ekan va u Pablo Pikassoning chinakam muxlisi ekanini ko‘p bora ta’kidlab o‘tgan.

«Men fikrlayapman, demak o‘ynayapman» — bu Andrea Pirloning avtobiografik kitobining nomi. Uning o‘yin uslubi ham tafakkurning o‘zginasi bo‘lsa-da, u doim kamtar bo‘lib qolgan. Soch turmagi, qandaydir dribling yoki fint orqali uni tanimaymiz. Qachonki to‘p o‘ta mohirona tarzda, ekran qarshisida hatto biz ham payqay olmagan futbolchiga qulay yetkazib berilgandagina anglaymiz — bu Pirlo!
Balki bu uning kamtarligidir.

«Men o‘yin paytida nima haqida o‘ylashimni tushuntirib bera olmayman. Aytarli hech narsa. Faqat shuni aytishim mumkinki, futbolda eng muhimi — oddiylik. Hammasini osongina bajarish mumkin bo‘la turib, nega murakkablashtirish kerak?» — Bu fikr Pirlodan chiqqaniga ishonish qiyin.

«Ko‘pchilik mening jarima zarbalarimni maqtaydi, lekin avval Juninyo Pernambukanuning ijrolarini ko‘rishlari kerak. Meni Pirlinyo deb atashsa, xursand bo‘lardim, yoshligimdan Juninyoning zarbalarini mashq qilib shu darajaga yetganman. Mashg‘ulotlarda ham juda ko‘p shug‘ullanar, rostini aytsam, boshida eplashim oson bo‘lmagan. To‘p doim ancha yuqorida o‘tib ketar, muxlislarga hazillashib, «sizlarga sovg‘a jo‘natgim keldi» deb qo‘yardim». Ha, u rostan ham kamtar.

Lekin bir  masalada kamtarlik qilmaydi, undan keyingi Pirlo kim bo‘lishi mumkin, deb so‘rashganda:
«Bilmadim, ochig‘i, mening uslubimda to‘p suradigan ijrochini ko‘rmayapman. Lekin ertaga shunday o‘yinchilar chiqib qolar, albatta, bundan juda xursand bo‘laman», — deb javob bergandi.

Mana shu futbolchi futbolni tark etgan. Italiya futboli nafaqat Badjoni, endi Pirloni ham topa olmaydi. Shunaqa.

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:08, 19.05.2020.
O'qildi: 4268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.