Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Paxtakor» safida eng ko‘p o‘ynagan darvozabonlar: Yanovskiy, Pshenichnikov, Bugalo va boshqalar

«Paxtakor» safida eng ko‘p o‘ynagan darvozabonlar: Yanovskiy, Pshenichnikov, Bugalo va boshqalar

Baho:
+ | -

Futbolda darvozabonlar yarim jamoa sifatida e’tirof etiladi.

Jamoa tarixiga doir berilayotgan ma’lumotda bu safar “Paxtakor” tarkibida SSSR va O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarida maydonga tushgan barcha darvozabonlar bilan tanishib olasiz. Hozirgacha jami 61 nafar posbon jamoamiz sharafini chempionat o‘yinlarida himoya qilgan.

Eng ko‘p o‘ynagan darvozabon Aleksandr Yanovskiy bo‘lib, u 297 bor “Paxtakor” safida chempionat bellashuvlarida darvozani qo‘riqlagan. Afsonaviy Yuriy Pshenichnikov esa 231 bor o‘ynagan. Pshenichnikov SSSR terma jamoasi tarkibida 19 bahsda maydonga tushgan, 1968 yil SSSRning eng yaxshi darvozaboni sifatida topilgan.

Pavel Bugalo 173 uchrashuvda o‘ynab, 1996 va 1997 yillarda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan. Jami 4 marta O‘zbekiston chempioniga aylangan. 168 uchrashuv o‘tkazgan Ignatiy Nesterov turli jamoalarda 13 karra O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston Kubogi bosh sovrinlariga ega chiqqan. Aleksandr Lobanov 133 o‘yin bilan kuchli beshlikni yakunlab beradi. Sasha jamoamiz bilan uch marta chempion bo‘lgan. 100tadan ortiq uchrashuvda darvozani qo‘riqlagan yana bir posbon Nikolay Lyubarsev sanaladi. U 133 bahsda “Paxtakor” posboni sifatida ko‘rinish bergan.

Jamoamiz safida ilk rasmiy o‘yinda maydonga tushirilgan Pyotr Volostnov esa 25 bellashuvda maydonda o‘ynagan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:47, 21.05.2020.
O'qildi: 2464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.