Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor 1-1 Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

Qaytayotgan La Liganing yangi tartiblari ma’lum bo‘ldi

Qaytayotgan La Liganing yangi tartiblari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches La Liga va Segunda 8 iyunda qaytishini e’lon qildi. Shunday bo‘lsa ham chempionat yakuni odatdadigek bo‘lmaydi.

Koronavirus pandemiyasi natijasida yuzaga kelgan cheklovlar tufayli chempionat yangi formatda o‘tkaziladi. Allaqachon Germaniyaga kirib borgan yangicha futbol, ikki haftadan keyin Ispaniyani ham zabt etadi.

Joriy mavsum yakuni hamda 2020/21 yilgi mavsumning birinchi yarmi quyidagi tuzatishlar asosida o‘tishi belgilab qo‘yildi.

1. Bo‘sh tribunalarda o‘tadigan o‘yinlar
La Liga prezidenti Xavyer Tebas, aprelning so‘nggi kunlari Ispaniya Primera va Segunda klublariga rahbarlariga uchrashuvlar kamida 2021 yilga qadar bo‘sh stadionlarda o‘tishi kerakligi to‘g‘risidagi hukumat qarorini yetkazgandi. Lekin, bu yurish o‘z bayonnomasiga ega bo‘lishi talab qilindi. Shuningdek, stadionda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar cheklovi 100 kishidan oshmasligi kerak.

Demak, o‘yinga stadionning hajmiga qarab 200-230 kishi kirishi mumkin. Bunga quyidagi shaxslar kiritiladi:

1) Uchrashuv qaydnomasidan joy olgan 23 futbolchi;
2) Bosh murabbiy va uning shtabi;
3) Stadionning 3 nafar katta menejeri;
4) Turli xil hokimiyat organlari (masalan, Sog‘liqni saqlash vazirligi) stadionga kirish uchun ruxsat etilishi kerak;
5) Klubning tibbiy shtabi, texnik va xavfsizlik xizmati.

2. Tibbiy tekshiruvlar
O‘yindan avval koronavirusga topshiriladigan majburiy testlardan tashqari, uchrashuv davomida o‘yinni bevosita stadiondan kuzatadigan insonlar harorat o‘lchash kabi oddiy testlardan ham o‘tishadi. Bularning barchasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

3. Gigiyena va forma
Bayonnomada keltirilishicha, o‘yinchilar tanaffus vaqtida liboslarini, kiygan ekipirovkalarini o‘zgartirishi, maydondan chiqib ketayotganda va o‘yinga qo‘shilayotganda antiseptik vositalardan foydalanishi kerak. Dezinfeksiya jamoaning har bir o‘yinchisi qo‘lidan o‘tishi lozim. Shuning uchun, spirtli antiseptik gellar kiyim almashtirish xonasi, zaxira o‘rindig‘i va to‘rtinchi hakamda bo‘ladi. Zaxira o‘rindig‘i hududi ham musobaqani maksimal xavfsiz o‘tishi uchun maxsus jihozlangan bo‘lishi shart. Zaxira futbolchilari masofani saqlagan holda o‘tirishlari talab etiladi. Murabbiylar shtabi, qaydnomaga kiritilgan o‘yinchilar niqob taqishlari kerak bo‘ladi.

4. Salomlashish va quchoqlab ko‘rishish bo‘lmaydi
Hakam va futbolchilarning uchrashuvdan oldin o‘tkazadigan qo‘l berib ko‘rishish an’anasi davom ettirilmaydi. Endi bu taqiqlangan. Gol nishonlash paytida quchoqlashish va o‘yindan keyingi qo‘l berib so‘rashish ham mumkin emas.

5. Beshta o‘zgarish
FIFA rasman 90 daqiqa ichida 5 ta o‘zgarish, shuningdek, musobaqa reglamentiga ko‘ra: kubok o‘yinlarining qo‘shimcha vaqtida oltinchi almashtirishni amalga oshirishga ruxsat berdi.

O‘yin vaqtini cho‘zilib ketmasligi uchun klublar 3 urinishda imkoniyatlaridan foydalanishlari kerak. Agar ikki jamoa bir vaqtda o‘zgarishni amalga oshirsa, bu uch imkoniyatdan biri foydalanilganini anglatadi. Amalga oshirilmagan o‘zgartirishlardan qo‘shimcha vaqtlarda foydalanish mumkin. Almashtirilgan futbolchi qayta maydonga tushishi taqiqlanadi.

6. VAR
VARdan foydalanishni bekor qilinganiga qaramay, Hakamlar qo‘mitasi prezidenti Velasko Karbalyo 10 may kuni La Liga o‘yinlari vaqtida videotakrorlar tizimidan foydalanilishini tasdiqladi. Barcha hakamlar, xususan: 4 referi va VARga javobgar hakam ham o‘yingacha 48 soat qolganda koronavirus testidan o‘tkaziladi. O‘yindan avval esa tana harorati o‘lchanadi.

7. Tig‘iz taqvim
La Liga va Ispaniya futbolchilar assosiasiyasi birgina tig‘iz taqvim borasida kelisha olishmayapti. Futbolchilar birlashmasi o‘z roziligini berganicha yo‘q. Ko‘plab o‘yinchilar bellashuvlar juda qisqa vaqt ichida o‘tkazilishiga qarshi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:35, 27.05.2020.
O'qildi: 5782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.