Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abdujamol Isroilov: “Karantindan keyingi futbol qiziqarli kechishi mumkin”

Abdujamol Isroilov: “Karantindan keyingi futbol qiziqarli kechishi mumkin”

Baho:
+ | -

Barcha sportchilar singari futbolchilar ham karantin davrini o‘z uylarida, oila davrasida o‘tkazishmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, “Navbahor”ning  mahoratli yarim himoyachisi Abdujamol Isroilov bilan telefon orqali bog‘lanib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Karantin paytini uyda qanday o‘tkazyapsiz? Zerikmayapsizmi? Futbolni sog‘indingizmi?

- Albatta, barcha futbolchilar qatori, men ham karantin davrini uyda o‘tkazyapman. Jarohat sababli, futboldan ancha muddat chetda bo‘ldim. Ayni paytda jamoamiz murabbiylarining uyda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun belgilab bergan dasturlari asosida uyimizda yakka tartibda mashqlar olib boryapman.

Hozircha kuniga mashg‘ulotlar olib borayotganligim bois, unchalik zerikish yo‘q.

Albatta, futbolchi bo‘lganligingizdan keyin, kasbingiz shu sohaga daxldor bo‘lganidan keyin, futbolni sog‘inasiz-da! Sog‘inmay bo‘ladimi? (kuladi). 

Jarohatingizdan to‘liq forig‘ bo‘ldingizmi? Endi og‘riqlar bezovta qilmayaptimi?

- To‘g‘risini aytsam, jarohatimdan hali unchalik to‘liq forig‘ bo‘lmadim. Boisi, jarohat ancha jiddiy bo‘lgan ekan. Ammo asta-sekin yugurishni boshladim, ta’kidlaganimdek, uyda yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boryapman. Qisqasi, jarohatdan tezroq forig‘ bo‘lishga intilyapman. Xudoga shukr, og‘riqlar unchalik bezovta qilmayapti.

Fursati kelganida, yana shuni ham qo‘shimcha qilmoqchimanki, ko‘pchilik muxlislarAbdujamolning jarohatdan tuzalishi cho‘zilib ketdi”, deb o‘ylashlari mumkin. Afsuski, jarohatim ancha jiddiy ekan. Ayni paytda butun fikrim tezroq undan qutulib, klub rahbariyati tomonidan ayni paytda ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va yordamga munosib javob qaytarish.

Kechasi uyqudan uyg‘onib ketsam ham, tezroq oyog‘imning tuzalishini o‘ylayman.

Xudo xohlasa, jarohatimdan tezroq forig‘ bo‘lsam, chiroyli o‘yinlarim hamda gollarim bilan “Navbahor”ning zafarlariga munosib hissa qo‘shish niyatidaman.  

Jamoalarga mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat berilsa, umumiy mashg‘ulotlarga qachon qo‘shilasiz?

- Bu haqda aniq ma’lumot ayta olmayman. Mashg‘ulotlarga ruxsat berishaversin-chi, balki, shunda umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shilarman. Shunga harakat qilyapman, albatta.  

Karantindan so‘ng, davom ettiriladigan Superliga bahslarida sensasiyalar yuzaga kelishi ehtimoliga qanday qaraysiz?

- Barcha jamoalar joriy mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Karantindan so‘ng, futbolchilar maydonga yanada kuchli ishtiyoq bilan chiqishadi. To‘g‘ri, muxlislarsiz o‘ynash biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ammo karantindan keyingi futbol ancha qiziqarli tarzda kechadi, menimcha.

- Bolaligingizda kumiringiz kim bo‘lgan? Hozirgi futbolchilardan qaysinisiga havas qilasiz?

- Bolaligimda Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runining o‘yinlariga havas qilardim. Hozirgi futbolchilardan esa Braziliya terma jamoasi hamda “Real” klubi yarim himoyachisi Kazemironing o‘yinlariga havas qilaman.   

Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi. Jamoaning ushbu maqsadni amalga oshirish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Jamoamizning ayni paytdagi tarkibi OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga qodir. Boisi, “Navbahor” safidan ancha tajribali va mahoratli futbolchilar o‘rin olishgan. Shu bois, Superligada sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boramiz. Bundan tashqari, o‘zingizga ma’lum, bu yil O‘zbekiston kubogi finali biz uchun qadrli bo‘lgan Namangandagi stadionda o‘tkaziladi. Mazkur imkoniyatdan samarali foydalanib, billur sovrinni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni sarflaymiz, degan umiddaman.   

Umuman olganda, ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng, muxlislarga quvonch ulashishni niyat qilganmiz.

Sizningcha, futbolda mahorat nechog‘lik muhim?

- Albatta, millionlar o‘yinida mahoratning o‘ziga yarasha o‘rni bor. Alloh har bir futbolchiga biroz bo‘lsa-da, iqtidor, mahorat beradi. Buni esa mehnat bilan takomillashtiriladi. Shuning uchun mahorat hamda mehnat uyg‘unlashsa, futbolchining o‘yinlarida o‘sish kuzatiladi.

- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

- Jamoamiz ishqibozlarini yaqinda nishonlangan Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman.

 Muxlislar mening ham tezroq yashil maydonga qaytishimni kutib, qo‘llab-quvvatlab turishibdi. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Xudo xohlasa, koronavirus pandemiyasi tezroq ortda qolib, ishqibozlarning yana stadionlarni  to‘ldirib o‘tirishlariga tilakdoshman.

Baxtimizga muxlislar doimo sog‘-salomat bo‘lishsin, ilohim!

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:53, 29.05.2020.
O'qildi: 2756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.