Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Masharipov: "O‘zbekistonda o‘ynayotgan hech bir futbolchini 6 million yevroga olishmaydi"

Masharipov: "O‘zbekistonda o‘ynayotgan hech bir futbolchini 6 million yevroga olishmaydi"

Baho:
+ | -1

"Paxtakor" hamda O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Kun.uz saytining "Footweek" ko‘rsatuvida Turkiyaning "Trabzonspor" klubidan bo‘layotgan takliflar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Turkiyaning mashhur klubi "Trabzonspor" sizga "sovchilik"ka chiqqani haqida xabarlar yangradi. Bu haqda nima deysiz?

– Menimcha, karantin bu xabarlarni tarqalishiga sababchi bo‘ldi. Sababi "Paxtakor" murabbiyi Shota Arveladze karantin tufayli Turkiyaga uchib ketdi va u yerda bergan intervyularida men haqimda ham gapirgan. Shota meni ularga tavsiya qilgan, keyin ular menga qizqish bildirgan va meni ishtirokimdagi videolavhalarni ko‘rib chiqishgan. Bu haqda hatto turk matbuoti ham bir nechta xabarlar tarqatdi. Ammo hammasi transfer narxi ma’lum bo‘lgach to‘xtab qoldi.  To‘g‘risi, transfer narxim 6 million yevroligini o‘zim ham endi bildim. Avvalgi intervyularimda ham aytganman meni transfer narxim qimmat deb, lekin 6 million yevro bu men kutganimdan ham ancha qimmat. O‘zbekistonda o‘ynayotgan hech bir futbolchini 6 million yevroga olishmaydi, 3 millionga olishsa ham katta gap. Agar Shomurodovga o‘xshab Rossiyada o‘ynab, biror narsaga erishsangiz keyin olishi mumkin.

– Haqiqatga yaqin narx qancha deb o‘ylaysiz?

–  "Paxtakor" mening orqamdan qancha ko‘p pul ishlasa menga yaxshi, lekin 2 million narx belgilasa ham imkoni bor edi. Bunaqa katta summaga Yevropadan ham yaxshiroq futbolchi ololsa bo‘ladi. Jahon chempionatida o‘ynamagunimizcha, bizni bunaqa katta narxa sotib olishmaydi. Qolaversa, menga arab klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bor. Ammo men o‘zimni to‘xtatib turibman. Agar arab klublariga o‘tib ketadigan bo‘lsam, muxlislar "Evropa ketaman derding, pulni tanlading" deb yozishadi.

– Sizningcha 6 million yevro narxni kim belgilayapti?

– Hozircha bu narxni aniq kim qo‘yganini bilmayman. Hammasi tez sodir bo‘ldi. "Trabzonspor" Masharipovga qiziqyapti degan xabarlar tarqaldi, ertasi kuni turk klubi Masharipovning narxini eshitib shokka tushdi degan xabarlar paydo bo‘ldi. 

– Agentingiz Tkachenko bu haqda qanday fikrda?

– U ham bu narxdan shokda. Menga narxingni boshqacha aytgandiku deyapti. Bunaqa narxim borligini o‘zim ham endi bildim dedim. U ham tushunib turibdi, "Paxtakor" meni qo‘yib yubormoqchi emas.

– "Paxtakor" sizni nima uchun qo‘yib yubormayapti?

– O‘ylashimcha, klubga OCHL uchun kerakman. Klubning maqsadi chempionlar ligasi finaligacha borish.

– Bunday vaziyatda "Paxtakor"ni ham to‘g‘ri tushinish kerakdir yoki vaqt boy beriladi deb o‘ylaysizmi?

– Vaqt boy beriladi desa ham bo‘ladi. Sababi men hozir 26 yoshdaman, 2-3 oydan keyin 27taga to‘laman. Agar 22-23 yoshda bo‘lganimda, men "Paxtakor"da qolib, yana 2 yil o‘ynab berardim. 

– Siz O‘zbekiston chempionati saviyasidan o‘tib bo‘ldingiz...

– Ha, shunaqa deb o‘ylayman. O‘zbekiston chempionatining saviyasi ham yomon emas yaxshi. Bu yerda o‘ylagan maqsadlarimga erishdim, lekin shu darajaga yetib kelgandan keyin klublar futbolchilarni qo‘yib yuborishi kerak. Menimcha, shu vaqt keldi. Yaqinda klub bilan gaplashib olaman. O‘ylaymanki, "Paxtakor" meni tushunadi, chunki bu yer mening o‘yim. Hech qachon "Paxtakor"ni yuziga oyoq qo‘yib ketmayman. Men shu yerda tanildim. 

Kiritildi: 17:18, 02.06.2020.
O'qildi: 11553 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.