Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Dilaver Xaris: «Nasaf»ning yana OCHLda ishtirok etishiga yordam bermoqchiman»

Dilaver Xaris: «Nasaf»ning yana OCHLda ishtirok etishiga yordam bermoqchiman»

Baho:
+ | -

Uzoq tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytadan start berilmoqda. «Nasaf» ham O‘zbekiston professional futbol ligasining ruxsati bilan, karantin qoidalariga amal qilgan holda mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi. Mashg‘ulot jarayonida jamoaning yangi a’zosi — bosniyalik Dilaver Xaris bilan suhbatlashdik.

— Yurtimizga va jamoaga xush kelibsiz, Dilaver. O‘zingizni qanday his qilmoqdasiz?
— Avvalambor barchaga assalomu alaykum. Yurtingizda va ushbu jamoada ekanligimdan xursandman. Bu yerda barcha narsa meni qoniqtirmoqda. Shahringizda oilam bilan birgaman. Shundan bo‘lsa kerak hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q.

— Taxminan uch oydan so‘ng futbol maydonlarimizga qaytmoqda. Bu haqida o‘z fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.
— Men umrimning asosiy vaqtini futbol bilan o‘tkazdim va o‘tkazmoqdaman. Futbolsiz qiyin lekin avvalambor insonlarning salomatligi birinchi o‘rinda turadi biz buni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak. Shunday bo‘lsada uzoq vaqtdan so‘ng futbolni qaytayotgani bizni xursand qilmoqda.

— Endi qisqacha jamoamizga kelib qo‘shilishingiz haqida gaplashsak, bu qanday ro‘y berdi?
— “Nasaf” bu – katta oila. Bu yerda kuchli murabbiy qo‘l ostida ajoyib jamoa yig‘ilgan va ular meni o‘z oilalariga qabul qilishdi.  Bu yerda men o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Klub vakillari mening agentim bilan bog‘langan va ular meni jamoada ko‘rishni xohlayotganlarini bildirishgan. Ko‘rib turibsizki men shu yerdaman.

— Jamoamizga kelib qo‘shilishdan oldin o‘zbek futbolini o‘rgandingizmi?
— Ha albatta, jamoaga qo‘shilishdan oldin uning Superligadagi ishtiroki hamda o‘zbek futboli haqida qisqacha tasavvurga ega bo‘lgan edim.

— Jamoaga kelib qo‘shilishdan oldingi tasavvuringiz va bu qanchalik o‘zini oqladi?
— Jamoaga qo‘shilishdan oldin uning OCHL dagi o‘yinlarini o‘yinlarini ko‘rgandim. Ko‘rdimki jamoa ajoyib stadion va sevimli muxlislariga ega. Chempionatdagi ilk uchrashuv esa fikrlarimni tasdiqladi. Afsuski karantindan so‘ng futbol uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘takzish achinarli. Futbol muxlislar uchun . Biz ularni sog‘inib qolamiz. O‘ylaymanki tez orada hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Men jamoamiz g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shib, jamoani yana OCHLda ko‘rishni xohlardim.

— Qarshi shahri haqida qanday fikrdasiz?
— Shahar menga ma’qul. Men muborak Ramazon oyini oilam bilan birgalikda bu yerda o‘tkazdim. Klub bazasida ham chempionatga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha sharoitlar yetarli. Men yoz fasli va quyoshni yaxshi ko‘raman shuning uchun bu issiq ob-havo meni cho‘chitmaydi.

— Siz jamoamiz ishtirokidagi 3 o‘yinda maydonga tushishga ulgurdingiz. Bu haqida ta’surotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.
— Xaqiqatdan ham men Superliganing 3 turida maydonga tushdim. Bu men uchun yangi chempionatdagi ilk uchrashuvlarim edi. Ligadagi har bir uchrashuvning yuqori darajada tashkillashtirilishi tahsinga sazovor.

— Klubimizga taklif qilingan legionerlar nafaqat jamoamiz muxlislari, balki butun o‘zbek futboli e’tirofiga sazovor bo‘lishgan. Hozirgi kunda Toshkentning “Paxtakor” jamoasini himoya qilayotgan Dragan Cheran ham o‘z vaqtida jamoamiz sharafini himoya qilgandi va to‘purarga aylangandi. Jamoamiz muxlislari ham sizdan aynan shunday natijani kutib qolishadi. Siz shunga tayyormisiz?

— Meni ilk bor Toshkentga Marko bilan kelganimda Dragan bilan ko‘rishgan edik. U nafaqat yaxshi futbolchi balki yaxshi inson ham. U Superliga ko‘plab gollar kiritgan va “Nasaf” uchun ham albatta. Uning natijasini takrorlash qiyin bo‘ladi. Lekin bunga harakat qilaman. Har bir uchrashuvda bor kuchim bilan harakat qilib, jamoamiz zafarlariga o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilaman.

— Jamoadoshlaringiz orasida kimning salohiyatini yuqori baholaysiz?
— Jamoada iqtidorli futbolchilar ko‘p. Men ular orasida aynan kimnidir ajratib ko‘rsatmoqchi emasman. Men ularning futbolchilik faoliyatlarida yuqori cho‘qqilarga erishishlarini tilab qolaman.

"Nasaf" FK matbuot xizmati

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 19:21, 02.06.2020.
O'qildi: 5313 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.