Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Modrich o‘z asarida Mourinyo va Ronaldu o‘rtasidagi mojaro haqida yozdi

Modrich o‘z asarida Mourinyo va Ronaldu o‘rtasidagi mojaro haqida yozdi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich o‘zining «Mening o‘yinim» nomli avtobiografiyasida hujumchi Krishtianu Ronaldu va murabbiy Joze Mourinyo o‘rtasida yuz bergan mojaro haqida yozdi.

«Mourinyoning reaksiyasi meni hayron qoldirdi. Biz Ispaniya kubogida 2:0 hisobida g‘alaba qozondik. Raqib to‘pni yon chiziqdan tashlab bergan paytda Krishtianu o‘yinchini ushlamadi. Joze esa Ronalduga jahl qildi. Ular maydonda uzoq vaqt tortishishdi.

Tanaffusda kiyinish xonasiga qaytganimizda Ronalduning hafsalasi pir bo‘lganini ko‘rdim, u yig‘lamsirab turgandi. Krishtianu: «Bor kuchim bilan harakat qilganimga qaramay, u hamon meni tanqid qilmoqda», degan edi.

Mourinyo esa xonaga kirdi va portugaliyalik futbolchini tanqid qila boshladi. Mojaro kattalashib bordi. Faqat oraga o‘yinchilar aralashishi oqibatida uning janjalga aylanib ketishining oldi olindi», – deya yozdi Modrich o‘z kitobida.

Ronaldu Mourinyo boshqaruvi paytida «Real» safida 106ta o‘yinda maydonga tushib, 120ta gol urgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 05:47, 06.06.2020.
O'qildi: 8220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик