Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

«Bunyodkor» sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

«Bunyodkor» sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun «Bunyodkor» stadionining majlislar zalida COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llanishi sharoitida professional futbol mashg‘ulotlari hamda musobaqalarini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlariga qat’iy amal qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Klub Bosh direktori Mirzayev Ulug‘bek Abdusattorovich raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda «Bunyodkor» futbol klubi tuzilmasidagi asosiy, yoshlar U-21, ayollar, futzal, farm-klub, yoshlar U-18, yoshlar U-19, 2-liga jamoalari murabbiylari, «Bunyodkor» FK Bolalar-o‘smirlar futbol maktabi direktori va mas’ul mutaxassislari, klub tibbiyot blogi rahbari, shifokorlari hamda boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda dastlab «Bunyodkor» futbol klubi Bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev yig‘ilish qatnashchilariga kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan quyidagilarni tushuntirib o‘tdi:

- Barchangizning yaxshi xabaringiz bor, Coca Cola Superligasining 15 mart kungi uchrashuvlaridan so‘ng, pandemiya sababli O‘zbekistonda futbol musobaqalari to‘xtab qolgandi. Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 may kungi 26-sonli yig‘ilishi bayoniga asosan, futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida, professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari hamda gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga, 2020 yil 5 iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi. O‘zbekiston professional futbol ligasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan kelishgan holda, COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llanishi sharoitida professional futbol mashg‘ulotlari hamda musobaqalarini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlarini ishlab chiqdi hamda tasdiqladi. Bugun barchagizni mazkur sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlari bilan tanishtirish maqsadida shu yerga yig‘ilib turibmiz.

Shundan so‘ng «Bunyodkor» futbol klubi tibbiyot blogi rahbari Otabek Muslimov so‘zga chiqib, qatnashchilarni me’yorlar bilan tanishtirib o‘tdi. Xususan, sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlari 6 bobdan - kirish, asosiy atama va tushunchalar, mashg‘ulotlarni tashkil etish, musobaqalarni tashkil etish, o‘quv-mashg‘ulot bazasida yashashni tashkil qilish, yakunlovchi qoidalardan iboratligi, barcha boblarda futbol mashg‘ulotlari va musobaqalarida qatnashadigan ishtirokchilar albatta rioya va amal qilishlari zarur bo‘lgan talablar alohida bayon etilganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berildi.

Shuningdek, «Bunyodkor» futbol klubi tuzilmasidagi barcha jamoalarning bosh murabbiylari va shifokorlari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Qolaversa, «Bunyodkor» stadioni direktori Zokirov Vohid Farhodovichning rasmiy o‘yinlar kuni talab qilinadigan tashkiliy ishlar bo‘yicha fikrlari tinglandi. Aytish kerak, Vohid Farhodovich rasmiy o‘yinlar vaqtida PFL va SEOA tomonidan talab qilingan sanitariya-gigiyena qoida hamda me’yorlariga to‘liq amal qilinishini, bu borada hech qanday muammo bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilish so‘nggida «Bunyodkor» futbol klubi tizimidagi barcha murabbiylar va mutaxassislar sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlari bugungi kunda nihoyatda zarur talablar ekanligini ta’kidlashdi hamda ularning barchasi o‘z jamoalari a’zolarini qoidalarga rioya etishlikka albatta chorlashlarini, targ‘ibot ishlariga katta e’tibor qaratishlarini bildirishdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 16:40, 08.06.2020.
O'qildi: 1963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.