Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kamron Saydazimov: «Asosiy tarkibda o‘ynash uchun hammada imkoniyat bor»

Kamron Saydazimov: «Asosiy tarkibda o‘ynash uchun hammada imkoniyat bor»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» - «Surxon» o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng «temiryo‘lchilar» yarim himoyachisi Kamron Saydazimov qisqacha intervyu berdi.

— Ikki oydan oshiqroq davom etgan karantindan keyin ikkinchi sinov-nazorat o‘yinida maydonga tushdik. Bu Superliga 4-turiga tayyorgarlik doirasida so‘nggi o‘yin bo‘ldi. «Surxon» — yaxshi shakllangan jamoa. O‘yin qiyin kechdi, boshida 2ta gol urib oldik. Shundan keyin 10 daqiqacha qiynaldik. Ammo ko‘p o‘tmay tizgin yana qo‘limizga o‘tdi.

— Murabbiy bugun sizni asosiy tarkibga qo‘ydi. Hissiyot boshqacha bo‘ldimi?
— Ha, shunday. Chunki jamoaga kelganimdan beri ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushdim. Garchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsada, «Lokomotiv» tarkibida o‘ynash bosim yuklaydi.

— Karantindan keyin jamoaning holati qanday? 15 iyun kuni birdaniga o‘ynab ketish qiyin bo‘lmaydimi?
— To‘g‘ri, qiyin bo‘ladi, lekin mashg‘ulotlarda astoydil ishlab tayyor bo‘lib olishga harakat qilyapmiz. Chempionat boshlanganda kim qanday holatda ekanligi ko‘rinadi. Xudo xohlasa, biz mavsumning davomiga tayyormiz deb o‘ylayman.

— Bugungi o‘yin qanchalik og‘ir o‘tdi?
— Ikkita gol urgan bo‘lsakda, raqib bizga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi. Chempionlikni maqsad qilib qo‘yganimiz uchun barcha o‘yinlarda yutishga harakat qilyapmiz.

— O‘z o‘yiningizni qanday baholaysiz?
— Boshida hayajondan chiqib ketish biroz qiyin bo‘ldi. Ammo jamoaga moslashib ketishimga ishonaman. Bugun o‘z o‘yinimni ko‘rsata oldim deb o‘ylayman.

— Rasmiy uchrashuvlarda asosiy tarkibga kirish imkoniyati qanday?
— Asosiy tarkibga kirish uchun hammada imkoniyat bor. Jamoamizda yoshning ahamiyati yo‘q. Kim mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatsa, murabbiy unga ishonch bildiradi va asosiy tarkibga qo‘yadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:18, 08.06.2020.
O'qildi: 2732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик