Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

AGMK Superliga restartiga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda

AGMK Superliga restartiga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Superliga restartini Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o‘yin orqali tiklaydi. Do‘rmondagi qarorgohda shug‘ullanayotgan jamoa kecha ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazdi. Ayni paytda jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini tiklash barobarida o‘yin ko‘nikmasini ham shakllantirish ustida katta ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirishmoqda. Ma’lum dastur asosida shug‘ullanayotgan jamoamiz kunning ikkinchi yarmidagi mashg‘ulotni ancha qizg‘in ruhda olib bordi. Futbolchilar dastlab chigalyozdi mashqlarni bajarib, keyinchalik 3 guruhga bo‘lingan holda turli xil kombinasion mashqlar orqali mashg‘ulotda o‘zaro bellashishdi.

Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov mashg‘ulotni to‘liq nazorat qilgan holda qiziqarli ruhda olib borgan bo‘lsa, Aleksandr Volkov jamoaning jismoniy holati va mashg‘ulot jarayonini tashkillashtirib turishda jonbozlik ko‘rsatdi. Hikmat Ergashev, Xayrulla Karimov va Marat Axmerov esa bevosita guruhlarga bo‘lingan futbolchilarning harakatini nazorat qilishdi. Pavel Bugalo esa darvozabonlarni maxsus dastur asosida alohida shug‘ullantirdi.

Bosh shifokor Islom Abayev va yordamchi Elyor Kamolov mashg‘ulotni tegishli sanitariya tartib-qoidalariga muvofiq tashkillashtirilishini tibbiy taraflama nazorat qilishdi. Bosh ma’mur Ruslan Shaymardanov hamda yordamchi Sherzod Yunusov mashg‘ulotlarni yuqori darajada o‘tishini ta’minlashgan bo‘lsa, massajchilar Abdulla Rizboyev hamda Nurbek Jo‘rayev futbolchilarning oyoq mushaklarini chidamliligini oshirish va mashg‘ulotda bardosh berishi uchun tegishli ishlarni bajarishdi.

Jamoa operatori Sherzod Boyirov esa mashg‘ulotlarni tasvirga olish va keyinchalik murabbiylar tahlili uchun tayyor holatda keltirish uchun o‘z ishini o‘tadi. Shu tariqa AGMK jamoasi "Qizilqum"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik qismidan o‘rin olgan navbatdagi mashg‘ulotni a’lo kayfiyatda yakunladi.

Kichik jarohati tufayli o‘tgan gal nazorat o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan Elguja Grigalashvili esa umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi va bo‘lajak bahsga taraddud ko‘rmoqda.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 06:03, 10.06.2020.
O'qildi: 2568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик