Kirish Ro'yxatdan o'tish

Baxtiyor Ashurmatov: "Bunyodkor" haqli g‘alabaga erishdi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Bunyodkor" haqli g‘alabaga erishdi"

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ochig‘i, 3 oy davomida futbol o‘ynamadik. “Navbahor” bilan o‘rtoqlikdan keyin jamoamiz holati yaxshi deb o‘ylagan edim. Lekin, rasmiy o‘yin baribir boshqacha ekanini ko‘rsatib berdi. “Bunyodkor” to‘p nazorati bo‘yicha kuchli ekanini isbotladi va amalda haqli g‘alabaga erishdi.

Balki, tarkib tanlashda adashgandirman. Qator chiziqlarda teng kuchli o‘yinchilar bor. Ammo, shu tarkibda to‘xtaldik. Mezbonlar chuqur himoyalanishga majbur qildi va bu amalda o‘z natijasini ko‘rsatdi. Bugungi o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘rgan edik. Hamma rejamizni amalga oshira olmadik. Fikrimcha, yigitlarimiz ham kamida durang uchun mehnat qilishgan edi”, – dedi Ashurmatov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:04, 13.06.2020.
O'qildi: 3907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик