Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Sochi" – "Rostov" o‘yini bugun o‘tkaziladi

"Sochi" – "Rostov" o‘yini bugun o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Rossiya Premyer-ligasi 23-turi doirasidagi «Sochi» - «Rostov» uchrashuvi mehmonlar safidagi 6 nafar futbolchida koronavirus aniqlanganiga qaramay, o‘tkaziladigan bo‘ldi.

«Sochi» klubi rasmiy saytining xabar berishicha, klub «Rostov» bilan ushbu bahsning o‘z vaqtida o‘tkazilishi borasida kelishuvga erishgan. O‘yin bugun, 19 iyun kuni soat 22:00da Sochida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Rostov» klubining 6 nafar futbolchisida koronavirus aniqlangani sababli klub ikki haftalik karantinga chiqishini e’lon qilgandi. 

Shuningdek, «Rostov» klubi agar o‘yin o‘z vaqtida o‘tkaziladigan bo‘lsa, asosiy tarkibni emas 2003 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat jamoasini Sochiga yuborishini ma’lum qilgandi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:14, 19.06.2020.
O'qildi: 3557 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик