Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 0-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 0-1 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Davron Fayziyev: "Agar "Real" bugun g‘alaba qozonsa..."

Davron Fayziyev: "Agar "Real" bugun g‘alaba qozonsa..."

Baho:
+ | -

Sport sharhlovchisi Davron Fayziyev bugun bo‘lib o‘tadigan La Liga navbatdagi turidan o‘rin olgan "Espanyol" va "Real" to‘qnashuvi haqida fikr bildirdi.

"Bugun Ispaniyada turnir jadvalining birinchi va oxirgi o‘rinlaridagi klublar to‘qnash kelishadi. Biroq lider jamoani yaqqol favorit deyishga shoshilmay turamiz. Chunki "Espanyol" birgina g‘alaba bilan xavfli zonadan chiqib ketishi mumkin. Kataloniyaliklar o‘zini devorga taqalgan yarador yirtqichdek tutishi mumkin. Bunday vaziyatda raqibga sakrash varianti qoladi, xolos.

"Real"da, aksincha, ishlar maromida. "Barselona" durang o‘ynadi. "Real" bugun yutsa, 3 ochko farq bilan oldinga o‘tib ketadi. Ana shu xotarjamlik Zidan yigitlarini chalg‘itib qo‘ymasa “dushman tarafda”, ya’ni Kataloniya o‘lkasida g‘olib bo‘lib qaytishi mumkin.

"Espanyol" hamshaharlari uchun o‘ynamaydi (avval ham o‘ynamagan), o‘zi uchun o‘ynaydi, chunki ular jar yoqasida. Bugungi sharhlaydigan o‘yinimda boshqa intriga topish qiyin. Barchamiz bilib turibmiz, Real bugun yaqqol favorit", — deya fikr yuritdi Davron Fayziyev.

Manba: t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 16:02, 28.06.2020.
O'qildi: 15433 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.