Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

APL. «MYU» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi

APL. «MYU» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 32-turi doirasida "Manchester Yunayted" safarda "Brayton"ga qarshi bahs olib borib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Sulsher shogirdlari birinchi bo‘limga juda yaxshi o‘tkazishdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Meyson Grinvud raqib jarima maydoniga yorib kirib, raqib himoyachisi oyoqlari orasidan zarba yo‘lladi hamda hisobni ochdi. 29-daqiqada esa Pogbaning uzatmasidan keyin Fernandesh 17 metrlardan zarba berdi. To‘p rekoshet orqali to‘rga borib tushdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa "MYU" qarshi hujumda raqibini jazoladi. Grinvudning uzatmasidan keyin Brunu Fernandesh olis ustun yaqinida darvozani ishg‘ol etdi.

O‘yin so‘nggiga qadar "Brayton" futbolchilari 2-3ta golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Bir vaziyatda De Xea "MYU"ni goldan qutqargan bo‘lsa, ba’zi zarbalarga aniqlik yetishmadi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Yunayted" o‘z ochkolarini 52taga yetkazib oldi.

APL, 32-tur
Brayton – Manchester Yunayted 0:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 16 Grinvud, 0:2 – 29 Brunu Fernandesh, 0:3 – 50 Brunu Fernandesh.
Brayton – Rayan, Lempti (Trossard, 46), Daffi, Dank (Bernardo, 81), Montoyya, Stivens, Propper (Mope, 46), Mak Allister (Muy, 81), Bissuma, Bern, Konnolli (March, 87).
Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, Shou (Uilyams, 64), Lindelef, Matich, Brunu Fernandesh (Pereyra, 64), Pogba (Maktomini, 64), Marsyal (Igalo, 78), Grinvud, Reshford (Jeyms, 78).
Ogohlantirish: Shou (49).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:10, 01.07.2020.
O'qildi: 5232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик