Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

La liga. «Atletiko» «Kamp Nou»da durang o‘ynadi

La liga. «Atletiko» «Kamp Nou»da durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

«Barselona» La ligada ketma-ket ikkinchi o‘yinda 2:2 hisobida durang o‘ynamoqda, ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ochko yo‘qotmoqda. Jamoa bu safar «Atletiko»ni mag‘lub eta olmadi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq madridliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Karrasko qanotda belgilangan jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib esa kataloniyaliklar "standart"dan hisobni ochishdi. Messi tomonidan burchakdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p Diyego Kostaning oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi.

"Barsa" o‘yinni nazorat qilayotgandek edi, ammo Pike raqib futbolchisini o‘tkazib yubordi. Karrasko chap qanotdan avval Pikedan o‘tib ketdi, so‘ngra Vidal jarima maydoni ichida uni yiqitdi. Qiziq voqealar shundan so‘ng boshlandi. Ter Shtegen Diyego Kosta tomonidan yo‘llangan zarbani qaytardi. Ammo hakam VARning maslahati bilan qaytadan penalti tepilishi kerakligini ko‘rsatdi. Ter Shtegen zarbadan oldin ikki oyog‘i bilan darvoza chizig‘ini tark etgan edi. Bu safar 11 metrli nuqta qarshisiga  Saul Niges chiqdi va muvozanatni tikladi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib Messi faoliyatidagi 700-golni urishga yaqin keldi. U jarima maydoniga burchak tomondan kirdi va chap oyoqda aylanma zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga yengil tegib, maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘limda darvozalar tomon bittadan penalti belgiladi. Ikkinchi bo‘lim boshida Arias Semeduga nisbatan ehtiyotsiz harakat qildi. Messi penaltidan "panenka" uslubida zarba yo‘llab, faoliyatidagi 700-golni urdi.

Oradan taxminan 10 daqiqa o‘tib yana o‘sha Karrasko penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Semedu o‘zi istamagan holda raqib futbolchisining oyog‘iga tegib ketdi. Ter Shtegen Saul Niges tomonidan berilgan zarba yo‘nalishini topdi, ammo to‘p uning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida futbolchilarda charchoq sezildi. Himoyachilar esa ishonchli harakat qilishdi. Natijada "Barselona" ketma-ket ikkinchi uchrashuvda 2:2 hisobida durang o‘ynab, navbatdagi ochkolarni yo‘qotdi.

"Real" payshanba oqshomida "Xetafe"ni mag‘lub etsa, asosiy raqibi bilan farqni 4 ochkoga yetkazib oladi.

Ispaniya La ligasi, 33-tur
Barselona – Atletiko 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 11, avtogol Diyego Kosta, 1:1 – 19, penalti Saul, 2:1 – 50, penalti Messi, 2:2 – 62, penalti Saul.
Barselona – ter Stegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Rakitich (Serdji Roberto, 63), Buskets (Fati, 85), Puch, Vidal (Grizmann, 90), Suares, Messi.
Atletiko – Oblak, Felipe, Ximenes, Aryas, Lodi, Saul, Ferreyra Karrasko (Lemar, 85), Lyorente (Joau Feliks, 69), Tomas, Korrea (Vitolo, 84), Diyego Kosta (Morata, 76).
Ogohlantirishlar: ter Stegen (17), Pike (18), Saul (35), Felipe (51), Messi (61), Diyego Kosta (75), Ferreyra Karrasko (80), Lemar (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:07, 01.07.2020.
O'qildi: 7420 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик