Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2027 mezbonligiga ariza topshirdi

O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2027 mezbonligiga ariza topshirdi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) Osiyo Kubogi—2027 musobaqasi mezbonligiga o‘z nomzodini qo‘ygan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ular qatoridan O‘zbekiston ham o‘rin olgan. Belgilangan muddatgacha (30 iyun) umumiy hisobda beshta mamlakat musobaqani o‘zida o‘tkazish istagini bildirgan: Hindiston, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston.

OFK tender qatnashchilarining imkoniyatlarini baholashni boshlab yuboradi va yakuniy qaror 2021 yilda chiqariladi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi Osiyo Kubogi musobaqasi 2019 yilning yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda penaltilar seriyasi bo‘yicha Avstraliyaga yutqazib, musobaqani tark etgandi. 2023 yilgi musobaqaga esa Xitoy mezbonlik qiladi.

May oyida 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligiga da’vogar davlatlar ro‘yxati e’lon qilingan. Avvalroq ushbu musobaqa mezbonligiga o‘z nomzodini qo‘yishi aytilgan O‘zbekiston ariza topshirmagani ma’lum bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:39, 01.07.2020.
O'qildi: 6672 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.