Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

La liga. «Real» penaltidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi (videosharh)

La liga. «Real» penaltidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida «Real Madrid» o‘z uyida «Xetafe»ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Zidan jamoasi ketma-ket uchinchi uchrashuvdirki yorqin o‘yin namoyish eta olmasdan, futbolchilarning mahorati evaziga g‘alabani o‘z tomonlari og‘dirishmoqda.

Bu safar jadvalda 6-o‘rinda borayotgan "Xetafe" "Qirollik klubi"ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga urindi. Hattoki birinchi taymda to‘pni nazorat qilish va vaziyatlar yaratish bo‘yicha kichik ustunlik mehmonlar tomonida bo‘ldi. Hattoki, Tibo Kurtua 3ta seyv namoyish qilishiga to‘g‘ri keldi.

Ikkinchi bo‘limda Zidan tomonidan amalga oshirilgan almashtirishlar ham u qadar foyda bermadi. Faqatgina 78-daqiqada Karvaxalning faolligi va himoyachining ehtiyotsizligi tufayli mezbonlar penalti ishlashdi. Serxio Ramos 11 metrli zarbadan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Mazkur gol o‘yinda yagonaligicha qoldi. Natijada "Real" 2-o‘rindagi "Barselona" bilan farqni 4 ochkoga yetkazib oldi. "Madrid"ni 5 iyul kuni yana bir qiyin o‘yin kutib turibdi. Jamoa Bilbaoda "Atletik" klubi mehmoni bo‘ladi.

Ispaniya La ligasi, 33-tur
Real Madrid – Xetafe 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 79, penalti Ramos.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Karvaxal, Varan (Militao, 33), Ramos, Modrich (Valverde, 63), Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Kazemiro, Vinisius Junior (Asensio, 63), Benzema (Mariano Dias, 90).
Xetafe – Soriya, Nyom, Olivera, Suares (Djeyson, 75), Kukurelya (Duro, 69), Timor (Fajr, 84), Arambarri (Anxel Rodriges, 84), Djene, Maksimovich, Echeyta, Mata (Molina, 75).
Ogohlantirishlar: Timor (1), Karvaxal (15), Ramos (26), Modrich (45), Nyom (47), Militao (47), Suares (52), Mata (72), Arambarri (83), Mariano Dias (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:02, 03.07.2020.
O'qildi: 7510 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.