Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda yurtimizda millionlar o‘yini bo‘lgan futbol sport turini ommaviyligini oshirish, mamlakat futbolini sohada rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha oladigan darajaga olib chiqish bo‘yicha qator amaliy ishlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilib, bajarilib kelinmoqda.

2019 yil 4 dekabrda “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni O‘zbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Ushbu farmon ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg‘or ilmiy-metodik va innovasion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida yetuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash kabi ko‘plab masalalarga e’tibor qaratib, kutilayotgan yakuniy natijalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi maqsad qilindi.

Futbolni atroflicha tahlil qilish natijasida mahoratli mutaxassislar yetishmasligi, zamonaviy futbolga zarur bo‘lgan yana bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar kamligi aniqlandi.

Shubhasiz, futbolning bugungi rivojlanish tendensiyasi mamlakatimizda yaratilgan futbol infratuzilmasini malakali sport menejerlarini tayyorlash tizimiga moslashtirishni davrning o‘zi ham talab etmoqda.

Shu bois, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi o‘z ishini boshladi. Bugun «Bunyodkor» stadionida ushbu markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, futbol faxriylari, terma jamoa murabbiylari, taniqli futbolchilar, markaz tinglovchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mazkur markazda xalqaro futbol tashkilotlarining ishlab chiqqan dasturlari va sohadagi yetuk mutaxassislarini jalb qilgan holda trenerlik ta’limi bo‘yicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, markaz mutaxassislari FIFA, UEFA va OFKning trenerlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi xorijiy markazlarida muntazam stajirovka o‘tab borishi ta’minlanadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 05:23, 04.07.2020.
O'qildi: 2015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.