Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

"A" Seriya. Turin "derbisi"da "Yuventus" yirik hisobda g‘alaba qozondi

"A" Seriya. Turin "derbisi"da "Yuventus" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan "Yuventus" hamda "Torino" o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi. Turin derbisida maydon egalari yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning 29-daqiqasida Kuadrado hisobni yana bittaga oshirib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim oxirlarida De Ligt qo‘li bilan o‘ynagani uchun hakam penalti belgiladi. Belotti 11 metrlik nuqtadan adashmadi. 

Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Ronaldu jarimadan super gol urgan bo‘lsa, 87-daqiqada Jiji o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shu tariqa, "keksa sinyoralar" yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Yuventus – Torino 4:1 (2:1, 2:0)

Gollar: 1:0 – 3 Dibala, 2:0 – 29 Kuadrado, 2:1 – 45, penalti Belotti, 3:1 – 61 Ronaldu, 4:1 – 87, avtogol Djidji.

Yuventus – Buffon, Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Bentankur, Kuadrado, Rabyo, Pyanich (Matyuidi, 49), Bernardeski (Duglas Kosta, 55), Dibala (Iguain, 80), Ronaldu.

Torino – Sirigu, de Silvestri (Edera, 80), Bremer (Djidji, 84), Voynovich, Ayna (Ansaldi, 84), Berenger, Meyte, Verdi (Milliko, 68), Lukich, Isso, Belotti.

Ogohlantirishlar: Bonuchchi (26), Pyanich (39), de Ligt (45), Isso (58), Ayna (60), Dibala (70).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:24, 04.07.2020.
O'qildi: 3878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.