Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Ro‘ziqul Berdiyev: «Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishdi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishdi»

Baho:
+ | -

Superligasining 8-turidan o‘rin olgan «Nasaf» - «Metallurg» (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz  bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

«O‘ylaymanki, futbolchilarimiz barchani xursand qila oldi. Chunki, oxirgi o‘yinlarda natija qoniqarsiz ko‘rinish olayotgandi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, biz nazorat qila oldik va shijoat bilan harakat qildik. "Metallurg" jamoasiga kam imkoniyat berdik. Ular ko‘proq qarshi hujumda o‘ynashga harakat qilishdi. Himoyachilarimiz raqib hujumlarini bartaraf etishni uddasidan chiqishdi. Zaxiradan maydonga tushgan yosh futbolchilarimiz o‘yinni kuchaytirishdi. Bu qaysidir ma’noda g‘alabada bosh omil bo‘ldi.

Dilaver Xaris? Ko‘rgan bo‘lsangiz, avvalgi o‘yinda to‘liq imkoniyat berdik. Hujumchini vazifasi gol urish yoki golli vaziyat yaratish. Shuni hisobga olgan holda bugun boshqa futbolchilarga ishonch bildirdik. Xaris oldin chetda o‘ynamagan, shu bois kirishib ketishi qiyin kechmoqda. Markoda esa bu jarayon yaxshi kechyapti.

Albatta, «Metallurg» biz uchun noqulay raqib. Lekin, tan olish kerak bekobodliklar tajribali jamoa. Tarkibiga nazara soladigan bo‘lsak ismi va familiyasidan ham bilsa bo‘ladi. Jamoada murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashishga imkoniyati bor jamoa. Shunga qaramay bugungi o‘yin to‘liq ustunligimizda o‘tdi. Ular qarshi hujumda ham deyarli imkoniyat yarata olmadi. O‘zingiz ko‘rayotgan bo‘lsangiz bizga qarshi ko‘p jamoalar himoyaviy uslubni tanlamoqda.

Doniyor Narzullayev «Metallurg»da o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. G‘alabaga erishgan o‘yinlarida g‘alabalarga munosib hissa qo‘shmoqda. Gollarga assistentlik qilmoqda.

Albatta, har bir uchrashuvlarda ruhiy jihatdan bosim bilan o‘ynamayapmiz. Buni o‘zingiz ham ko‘rdingiz. O‘tgan o‘yinlarni esdan chiqarishga harakat qilyapmiz. Agarda bizda ruhiyat bilan bog‘liq muammo bo‘lganida bugun oxirigacha kurasha olmagan bo‘lardik, tajribali jamoani yengish oson bo‘lmasdi", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 00:38, 07.07.2020.
O'qildi: 3162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик