Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ravshan Ahmedov: «Dinamo» mag‘lubiyatga munosib emasdi, omad raqib tomonda bo‘ldi»

Ravshan Ahmedov: «Dinamo» mag‘lubiyatga munosib emasdi, omad raqib tomonda bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Pro-liga 2-turi doirasidagi «Dinamo» - «Istiqlol» (1:2) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Ravshan Ahmedov o‘yin borasida to‘xtaldi.

«Ochig‘ini aytsam, bugungi o‘yinimiz menga yoqdi. Chunki, avvalgi o‘yinlarimizga nisbatan yaxshiroq to‘p surdik. Biroq o‘z xatolarimiz evaziga alamli mag‘lubiyatga uchradik. Futbolda bunaqasi uchrab turadi. Hammasini ko‘rdinglar, izohsiz qoldirgan bo‘lardim. Omadsizlik tufayli mag‘lub bo‘ldik. Omad raqib tomonda bo‘ldi.

Shunga qaramay, o‘yinimiz yomon chiqmayotgandi, yigitlarning o‘yinidan qoniqdim. Faqatgina yakuniy zarbalarni beradigan futbolchi topilmadi. Ikkinchi bo‘limda to‘liq ustunlik qildik.

O‘yinimiz chiqmay mag‘lub bo‘lganimizda ham mayli edi, ammo to‘liq ustunlik qilib, vaziyatlar yaratib mag‘lub bo‘lish juda alamli. O‘yin nazorati bizning qo‘limizda edi. Jamoa ko‘rsatgan ko‘rsatmalarni aniq bajardi, bunga e’tirozim yo‘q.

Asosiy tarkibimizdagi Alisher Yusupov va Damir Temirovning maydonga tushmaganiga sabab, ular avvalgi o‘yinda jarohat olishgandi.

Kubok va Pro-ligadagi ketma-ket mag‘lubiyatlar? To‘g‘ri, chempionatdagi ketma-ket ikki uchrashuvda ham ochkolarni yo‘qotdik. Ammo bu hali start, hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Oldindagi o‘yinlar bilan vaziyatni yaxshilashimiz mumkin», - deya fikr bildirdi «Dinamo» bosh murabbiyi Ravshan Ahmedov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:03, 08.07.2020.
O'qildi: 2252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.