Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

UYEFA prezidenti: «Hatto Ikkinchi jahon urushi vaqtida ham futbol to‘xtab qolmagan edi»

UYEFA prezidenti: «Hatto Ikkinchi jahon urushi vaqtida ham futbol to‘xtab qolmagan edi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin koronavirus pandemiyasi tashkilot faoliyatiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

«Tabiiyki, so‘nggi oylar barcha uchun ulkan mavhumlik fursati bo‘ldi. Men va oilam haqida gapiradigan bo‘lsam, bu vaqt ichida biz yanada yaqinlashdik.

Bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng uzun tanaffus? Keling yodga olamiz, koronavirusdan farqli o‘laroq Ikkinchi jahon urushi vaqtida futbol butkul to‘xtab qolmagan. Professional nuqtai nazardan men katta bosimni his qildim, ko‘plab og‘ir ishlar bo‘ldi. Biroq baxtimizga futbol butun Yevropaga qaytmoqda va bundan xursandman.

Ba’zi narsalardan voz kechishimizga to‘g‘ri keldi. UEFA milliy chempionatlarni iyul oyi so‘nggiga qadar tugatib olish uchun o‘zining musobaqalari bir qismini qurbon qildi. Avgust oxirida 2019/20 yilgi mavsum Yevrokuboklarining qolgan qismini o‘tkazib olamiz. Ligalar bunga rozi bo‘ldi. Ular sentyabr oyidagi terma jamoa o‘yinlari vaqtida ham hamfikrlilik namoyish qiladi degan umiddaman.

UEFA, milliy assosiasiyalar, klublar va ligalar birdamlikda harakat qildi. Bu qabul qilingan qarorlardan ham ko‘rinib turibdi», — deydi Cheferin.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi yakunlariga borib Yevropaning deyarli barcha milliy chempionatlari koronavirus sabab to‘xtab qoldi. Fransiya, Niderlandiya va Belgiya kabi milliy chempionatlar muddatidan avval yakunlandi. May oyining ikkinchi yarmidan boshlab ligalar restart ola boshladi va hozirga kelib barchada mavsum yakunlanish arafasida.

UEFA 2020 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yevropa Chempionatini bir yil keyinga qoldirdi, Millatlar Ligasi bahslari va turli yosh toifalaridagi musobaqalar ham qoldirildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:14, 21.07.2020.
O'qildi: 3776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.