Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Villian Londonda qoladimi?

“Chelsi” jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Villian “Arenal” bilan shartnoma imzolashi mumkin.

ESPN nashrining ma’lum qilishicha,   “koninirlar” allaqachon Villianning transferi borasida taklif tayyorlab bo‘lgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi”ning “Bavariya”ga qarshi o‘yinidan so‘ng, Villian rasman “Chelsi”ni tark etadi va “Arsenal” safiga borib qo‘shiladi.

Romero ketadi

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi darvozaboni Serhio Romero klubini almashtirishni istamoqda.  

ESPN nashrining ma’lum qilishicha, u klub murabbiyi One-Gunnar Sulsherning faoliyatidan norozi. Murabbiy bir nechta qo‘pol xatolarga qaramay, David De Xeani asosiy tarkibda tushirishda davom ettirmoqda.

Shu sababli, Romero birinchi imkon bo‘lishi bilan Manchesterni tark etishga tayyor. Manbaning ma’lum qilishicha, Romero bilan “Lids” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

Fati qoladi

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Ansu Fati bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

sport.es nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi 17 yoshli futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga qaror qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, endilikda Fatining tavon puli 274 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” Fatini “Manchester Yunayted” ilib keltmasligi uchun shunday yo‘l tutgan.

Ramos Xitoyda?!

Madridning “Real” jamoasi sardori Serhio Ramos o‘z shartnomasidagi so‘nggi mavsumda to‘p tepayotganidan xabaringiz bor.

Sport.es  nashrining ma’lum qilishicha, Serhio bilan Xitoy chempionatining bir nechta klublari jiddiy qiziqib qolgan.

Xitoy klublari Ramosga haftasiga 385 ming yevro maosh to‘lashga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ramos “Real Madrid”dan haftasiga 325 ming yevro maosh ko‘rsatilgan 2 yillik shartnoma talab qilmoqda.

Lovren RPLda

“Liverpul” Deyan Lovrenni “Zenit”ga qo‘yib yuborishga tayyor. Bu haqida “The Times" nashri ma’lum qilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Liverpul” Lovren bilan tuzilgan shartnomadagi bandlarga suyangan xolda, u bilan yana bir mavsumga hamkorlik qiladi.
Oqibatda, “Zenit” Lovren uchun 10.9 million funt to‘lashi lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Zenit” xorvatiyalik futbolchiga bilan “2+1” ko‘rinishidagi shartnoma taklif qilgan. Unga ko‘ra, rus klubi Lovrenga 2,5 million yevro maosh to‘lamoqchi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:43, 25.07.2020.
O'qildi: 10276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.