Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Rummenigge «Manchester Siti»ning bekor qilingan diskvalifikasiyasida kimni aybladi?

Rummenigge «Manchester Siti»ning bekor qilingan diskvalifikasiyasida kimni aybladi?

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xayns Rummenigge Sport arbitraj sudining «Manchester Siti» klubi borasidagi qaroriga o‘z munosabatini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, UYEFA isboti yo‘q hujjatlarni taqdim etgan. Biroq, u Gvardiola qo‘l ostidagi «shaharliklar» YECHLda ishtirok etishlaridan xursandligini ham aytib o‘tdi.

«CAS bu qarorni faqatgina UYEFA bu masalada yomon ishlagani uchungina qabul qildi. Bu haqda juda ko‘plab manbalar gapirishmoqda. Ehtimol, ular shunchaki to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rishmagan. Umuman olganda, «Manchester Siti»ni tabriklayman, shaxsan Xosep Gvardiolani muborakbod etaman. U uchun Yevropa chempionlari ligasini yutish juda muhim», - dedi Rummenigge Bavarianfootballworks bilan suhbatda.

Kiritildi: 12:26, 28.07.2020.
O'qildi: 3708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.