Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Erkin agentga aylangan eng nomdor futbolchilar (top 10)

Erkin agentga aylangan eng nomdor futbolchilar (top 10)

Baho:
+ | -

Stadion.uz ayni damda ishsiz qolib ketgan mashhur futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

Jo Xart

 

“Manchester Siti” bilan Angliyadagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan darvozabon 33 yoshni qarshi olganidan xabaringiz bor. Afsuski, “Siti”dan ketgach, Jo o‘rtamiyona jamoalar darvozasini qo‘riqladi. Bugungi kundagi transfer qiymati 2,4 million yevro

Nuri Shaxin

31 yoshli turk tayanch yarim himoyachisi ham o‘ziga yangi ish qidirmoqda. Hozircha uning so‘nggi klubi “Verder” bo‘lib turibdi. O‘z vaqtida “Real” va “Liverpul” sharafini himoya qilgan Nurining bugungi transfer qiymati 1,2 million yevroga teng.

Antonio Valensiya

Ser Aleks Fergyuson davrining so‘nggi vakili 2019-yilga qadar “Manchester Yunayted” sharafini munosib himoya qildi. Keyin Ekvadorga yo‘l oldi va bir mavsum mahaliy jamoalarda to‘p tepdi. Bugungi kunda u klubsiz. Transfermarket portalining fikricha, 34 yoshli vingerning narxi 3,2 million yevroga.

Aaron Lennon

 

So‘nggi bor “Bernli”da harakat qilgan Lennon o‘z vaqtida sayyoramizning eng tezkor futbolchisi edi. “Tottenhem” va “Everton” singari jamoalarda to‘p tepgan qahramonimiz hali-hamon yuqori darajada futbol namoyish etishga qodir, biroq 2,4 million yevrolik futbolchi bilan hozircha hech kim aloqaga chiqqani yo‘q.

Pablo Sabaleta

 

“Manchester Siti” davrining ilk yillarida “Shaharliklar”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylan himoyachi ham yangi klub izlab yuribdi. 35 yoshda bo‘lishiga qaramay, Pablo “Vest Hem”da o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Transfer qiymati 800 ming yevro bo‘lgan argentinalik futbolchi bilan hozircha birorta klub qiziqish bildirmadi.

Arda Turan

 

Qahramonimiz rasman “Barselona” futbolchisi bo‘lsada, uning so‘nggi mavsumlari Turkiya klublarida o‘tdi. Uning janjallarga moyil ekanligi bois, “Istanbul” klubi Turan bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi. O‘z vaqtida “Atletiko”ning yuragiga aylangan turkning transfer qiymati 650 ming yevro

Samir Nasri

“Anderlext” jamoasida karyerasini qayta ishga tushirishi kutilgan Samir hech narsaning uddasidan chiqa olmadi. Tinimsiz ortirib olinayotgan jarohatlar va katta boylik uni futbolga bo‘lgan qiziqishini keskin pasaytirib yubordi. Shunday bo‘lsada, 33 yoshli futbolchining transfer summasi 1,6 millioni tashkil etmoqda.

Mario Manjukich

Xorvatiyalik hujumchi bugungi ro‘yxatimizdagilarga nisbatan ancha tezroq o‘ziga klub topishi turgan gap. U bilan bir nechta Italiya klublari jiddiy qiziqib qolgan. “Al-Duxayl” jamoasidagi o‘rtacha mavsumga qaramay, uning transfer qiymati 4 millioni tashkil etmoqda.

Mario Getse

2014-yilda bo‘lib o‘tgan JCH finalida gol kiritgan “tilla bola”ning oradan 6 yil o‘tib o‘zi uchun klub izlashiga to‘g‘ri keladi deb kim ham o‘ylabdi deysiz? Yurgen Kloppning “Borussiya”sidagi eng yorqin futbolchiga endilikda barcha klublarning qo‘li yetadi. 28 yoshli vingerni transfermarket 10,5 millionga baholamoqda. Achinarlisi shundaki, Getsening faoliyatidagi bundan past ko‘rsatgich avvalroq kuzatilmagan.

Edinson Kavani

Parij klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishiga qaramay, PSJ u bilan shartnomani uzaytirishni istmadi. To‘g‘ri, bunga urinib ko‘rdi, biroq futbolchining talablariga ko‘nishni istmadi. Oqibatda, transfer qiymati 20 million bo‘lgan forvord endi istagan klubiga ravona bo‘lishi mumkin. Tan olish lozim, u bugungi ro‘yxatimizdagi eng “bozori chaqqon” futbolchi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:45, 28.07.2020.
O'qildi: 14736 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.