Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ular himoyachimi yoki hujumchi? To‘purar himoyachilar (top 5)

Ular himoyachimi yoki hujumchi? To‘purar himoyachilar (top 5)

Baho:
+ | -

Roberto Karlos futbolchilik faoliayti davomida ko‘plab shedevr gollarga (118) mualliflik qilgan. U ijrosidagi jarima zarbalari allaqachon FIFA va UYEFAning oltin kolleksiyasidan o‘rin olib bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Xo‘sh, aslida futbol tarixidagi eng ko‘p gol kiritgan himoyachi kim? Bugun ushbu savolga Stadion.uz qisqacha javob beradi.

Serhio Ramos

“El-Kapitano” uchun bu mavsum juda omadli keldi. “Real”da yetakchiligini qo‘liga olgan Ramos o‘zining 124-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Tan olish lozim, restartdan so‘ng, Serhio tom ma’noda jamoaning yuragiga aylandi. U kiritgan gollar esa, yakunda “Barselona”ni quvib o‘tish imkonini yaratdi. Ko‘plab futbol mutaxassislari uni “oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar deb atashayotgan edi, biroq “FranceFootball” so‘rovnomadan voz kechdi. Shunday bo‘lsada, Ramos ayni damdagi sayyoramizning eng kuchli markaziy himoyachi bo‘lib turibdi.

Loran Blan

Blan futbolchilik faoliyatini tayanch yarim himoyachisi sifatida boshlagan bo‘lsada, unga mashhurlikni aynan mudofadagi o‘yini olib keldi.

Faoliyati davomida 161 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan Loran nafaqat himoyada, balki hujumda ham jamoasi uchun ko‘mak berishga intilar edi.

Fransiya terma jamoasi safida ham ajoyib o‘yinlar o‘tkazgan himoyachi sovuqqonligi va maydonni yaxshi ko‘ra olgani uchun ham boshqalardan ajralib turar edi. Keyinchalik murabbiylik faoliyatini boshlagan Blan ayni damda futboldan dam olmoqda.

Fernando Yerro

Yerro ham aslida tayanch yarim himoyachisi bo‘lsada, asosan markaziy himoyada ter to‘kishga majbur bo‘lar edi.

Shunga qaramay,qahramonimiz faoliyati davomida 163 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Uning markazdagi ishonchli o‘yini sababli o‘z vaqtida “Real” Yevropa Chempionlar Ligasida zafar quchgan, Yerro esa sardor sifatida sheriklarini maydonga olib tushgan edi. E’tiborlisi shundaki, Yerro boshqalardan farqli o‘laroq deyarli barcha golini “Real” safida kiritgan. Bu uning o‘z zamonasining eng ilg‘or himoyachilaridan biri bo‘lganidan dalolat.

Daniyel Passarella

Bu himoyachini bugungi avlod muxlislari tanamasa kerak. Asosan 70-90-yillar oralig‘ida faoliyat olib borgan argentinalik himoyachini faoliyati davomida naqd 175 bor raqib darvozabonlarini ranjitishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘z faoliyatini “River Pleyt”da boshlagan Daniyel ikkinchi qavatdagi kurashlarda benazir bo‘lib, bosh bilan 100 ta gol kirita olgan kam sonli futbolchilar qatorida yodga olinadi. Vaholanki, uning bo‘yi atigi 173 sm bo‘lgan holos. Bu ko‘rsatgich uning intiluvchanligi sababli gol kiritish uchun to‘siq bo‘la olmagan.

Faoliyati davomida “Inter” va “Fiorentina” singari grandlarda to‘p tepgan Passarellani Argentina tarixidagi eng yaxshi himoyachi deb hisoblashadi.

Ronald Kuman

Butun faoliyati davomida 252 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Ronald Kuman bilan hujumchilar ham statistikada bahslasha olmaydi. Golland himoyachi bo‘lishiga qaramay, har bir o‘yinda o‘rtacha 0,33 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Uning “Barselona” safida “Sampdoria” darvozasiga yo‘llagan qahshatqich zarbasini hali-hamon muxlislar unutganicha yo‘q.

Kuman asosan uzoq masofadan yo‘llangan zarbalar orqali gollar kiritgan. Bugungi kunda u singari istalgan masofadan darvozani ishg‘ol qilishga qodir himoyachilarni topishning deyarli iloji yo‘q.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:12, 29.07.2020.
O'qildi: 6517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.