Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Superliga avgust so‘nggigacha markazlashgan holda o‘tkaziladi

Superliga avgust so‘nggigacha markazlashgan holda o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Bugun — 3 avgust kuni Coca Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va rahbarlari, shuningdek, O‘zPFL va O‘FA rahbariyati chempionat uchrashuvlarini qanday davom ettirish yuzasidan fikr almashdi. Yig‘ilishga O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hamda O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev boshchilik qildi.

Mavjud sharoitdan kelib chiqib, avgust oyi so‘ngiga qadar Superliganing birinchi davra uchrashuvlari markazlashgan holda Toshkent shahri va viloyati stadionlarida o‘tadigan bo‘ldi. Bunda asosiy jamoalar tabiiy maydonlarda, U-21 jamoalari esa sun’iy maydonlarda uchrashuv o‘tkazadi.

Qayd etish kerak, O‘zPFL mazkur yig‘ilishda musobaqalarni o‘tkazish yuzasidan ikki xil variantni prezentasiya qildi. Shuningdek, ayni holat hamda taqvimdagi noqulayliklar borasida tushuntirish berildi, markazlashgan musobaqaning afzalliklari va kamchiliklari slayd ko‘rinishida tushuntirildi. Shundan so‘ng, klublar vakillariga o‘zaro fikr almashish uchun tanaffus berildi. Yakunda markazlashgan turnir loyihasi klublar vakillari tomonidan ma’qulladi.

Kelishuvga ko‘ra, hech bir jamoa o‘z maydonida uchrashuv o‘tkazmaydi. Barcha uchrashuvlar neytral stadionda o‘tkaziladi. Klublar o‘zlari tanlab olgan qarorgohda istiqomat qiladi va urdan faqatgina mashg‘ulot hamda o‘yinlarga ruxsat etilgan avtomobilida qatnaydi.

O‘zPFL pandemiya davrida futbol uchrashuvlarini qayta tiklash shartlari aks etgan reglamentni taqdim etdi. Avgust oyidagi o‘yinlar davomida mana shu reglamentga amal qilinishi nazorat qilinadi. O‘zPFL tibbiyot xodimlaridan iborat komissiya tuzishni rejalashtirgan. Mazkur komissiya klublardagi holatni o‘rganib boradi.

Chempionatning ikkinchi davrasi va hamda kubok uchrashuvlarining qayt tartibda o‘tishi masalasi keyinroq muhokama etiladigan bo‘ldi. Buning uchun milliy terma jamoaning Tojikiston va Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishi yoki tushmasligi masalasi to‘liq hal etilishi lozim. Shundan keyingina kuz fasli uchun navbatdagi rejalarni ishlab chiqish mumkin. Katta ehtimol bilan formatning o‘zgarishi mumkinligi, shundan kelib chiqib, jamoalar turnir jadvalidagi o‘rinlarini yaxshilab olish uchun jiddiy bel bog‘lashlari tushuntirildi. Holat bir necha oylik rejalar ishlab chiqish imkonini bermaydi. Terma jamoalardan tashqari OFK miqyosida o‘tadigan Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi hamda O‘zbekiston mezbonligida o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati masalasi bilan bog‘liq yangiliklar ham har qanday rejaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zPFL termalar bilan bog‘liq jarayonlar hal etilishiga, avia va temir yo‘l qatnovlari tiklanishiga hamda karantin qoidalarining yana bir qator me’yorlari o‘zgarishiga qarab keyingi rejalarni ochiqlab boraveradi.

Quyida o‘yinlar jadvali bilan tanishish mumkin. Qaysi uchrashuvning qaysi maydonda o‘tishiga yaqin kunlar ichida oydinlik kiritiladi.

Kiritildi: 18:42, 03.08.2020.
O'qildi: 2963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик