Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish «resepti»ni ma’lum qildi

Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish «resepti»ni ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Everton» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar Ligasi restartidan avval o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish uchun nima kerak?
— O‘ylanmagan harakatlar, omad va jasorat. 2003 yilda («Milan» bilan — izoh «Daryo») biz chorak finalda «Ayaks»ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib, o‘yinni yutganmiz. Shuningdek, «Inter» bilan ikkita durang bo‘lgandi: 0:0 va 1:1. Jozef Konrad aytganidek, agar inson omadga ishonmasa, demak uning hayotiy tajribasi boy emas.

— Va, Pep Gvardiola aytganidek, Yevrokuboklarda himoyalangan jamoa mag‘lub bo‘ladi.
— Siz buni o‘ylab topdingiz, u hech qachon bunday demagan. Agar jamoa raqibidan kuchsiz bo‘lsa, himoyalanishga to‘g‘ri keladi. Pepda esa hech qachon bunaqasi bo‘lmagan.

Futbolda faqat bir yo‘l orqali doimo g‘alabaga erishib bo‘lmaydi. Albatta, to‘p qanday harakat qilishini oldindan bilib bo‘lmaydi.

— «Yuventus» uchun Chempionlar Ligasi miyaga o‘rnashib qolgan fikr bo‘lib qoldi. Ular g‘alaba qozona oladimi?
— Nafaqat miyaga o‘rnashib qolgan fikr, balki juda kuchli motivasiya ham. Bular ajratib bo‘lmas narsalar. Klub Chempionlar Ligasiga jiddiy qaramoqda. O‘ylashimcha, jamoa finalga qadar yetib kela olsa, o‘zining maksimum kuchini ko‘rsatgan bo‘ladi. Qolgani esa xudoning qo‘lida.

«Sakkiz finalchi» tizimida hamma narsa bo‘lishi mumkinligi ularning ustunligiga aylanishi mumkin. Hammasi bitta o‘yinda hal bo‘ladi. Bir emas, bir nechta final ko‘ramiz, — deydi Anchelotti.

Italiyalik mutaxassis murabbiy sifatida uch marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan: ikki bor «Milan» (2002/03 va 2006/07 yilgi mavsum) hamda bir bor «Real» (2013/14) bilan. Undan tashqari Karlo futbolchi sifatida «Milan» bilan ikki bor (1988/89, 1989/90) Chempionlar Kubogida zafar quchgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:59, 04.08.2020.
O'qildi: 3778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.