Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Vadim Abramov Jaloliddinov, O‘runov va Golban haqida fikr bildirdi

Vadim Abramov Jaloliddinov, O‘runov va Golban haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov OFK rasmiy veb-saytiga intervyu berdi.

Vadim Karlenovich suhbat davomida pandemiyaning MTJ tayyorgarligiga ta’siri, yaqindagina "Lokomotiv Moskva" klubiga qo‘shilgan Jasur Jaloliddinov, o‘tgan mavsumda "Ufa" safida munosib o‘yin ko‘rsatgan Oston O‘runov, MTJ yig‘iniga chaqiruv olgan Igor Golban, yaqin kelajakdagi rejalar va boshqa mavzularda o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

"Har qanday sog‘lom inson uchun eng muhim ish ekanini barcha tushunadi. Sevgan ish bilan shug‘ullanish esa ikki karra yoqimli. Futbolga aloqasi bor har qanday inson pandemiyadan keyin yana mashg‘ulotga qaytganidan xursand bo‘ladi.

Jaloliddinov haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, uning yangi jamoada o‘ynab ketishi o‘ziga, mashg‘ulotda qanday ishlashiga bog‘liq. Biz uning o‘sishiga imkon berdik va o‘z hissamizni qo‘shdik. U iqtidorli futbolchi. Tushunaman, u "Lokomotiv" safida darhol o‘ynab ketmaydi. Moslashish uchun vaqt kerak. Bundan tashqari, "Lokomotiv" murabbiyi unga qanday munosabatda bo‘lishiga ham ko‘p narsa bog‘liq. "Lokomotiv" kabi klublar o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘yishini tushunaman. Jasur jismoniy holatini yaxshilashi kerak. Rossiya chempionatida bu holat muhim ahamiyatga ega. Jismoniy kamchilikni u texnik qobiliyati va aqliy salohiyati orqali yopa oladi deb umid qilaman. Bu imkoniyatlaridan u unumli foydalana olsa, o‘zini yaxshi ko‘rsata oladi.

O‘runov "Spartak"ka o‘tishi terma jamoa uchun foyda beradimi? Bu uning o‘ziga bog‘liq. Oston o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa, o‘sishda davom etadi. Shunchaki zaxira o‘rindig‘ida o‘tirsa, bu unga foyda bermaydi. Shomurodov kabi asosiy tarkibda o‘ynab ketsa, bundan terma jamoamiz yutadi. Hozir terma jamoa a’zosi hisoblangan legionerlarimiz u qadar ko‘p emas. Ularning soni ko‘paysa ham terma jamoa uchun ba’zi noqulaylik tomoni bor. Ular yig‘inlar uchun olis masofaga uchib kelishlari to‘g‘ri keladi. Hozircha futbolchilarimizning kuchli chempionatlaridan o‘ynashini olqishlaymiz.

Igor Golban haqida nima deyishim mumkin? U terma jamoaning dastlabki yig‘inida ishtirok etmoqda. U terma jamoa talabiga moslashib ketsa, o‘rtoqlik o‘yinlari orqali uning maydonda o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyat beramiz. Moslashish jarayonini tezlashtirish esa biz murabbiylarning vazifasi hisoblanadi. Umid qilaman, Golban terma jamoaga tezda moslashib ketadi", — dedi Vadim Abramov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:42, 05.08.2020.
O'qildi: 8698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.