Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Vadim Abramov: «O‘runovning qarorini qo‘llab-quvvatlayman»

Vadim Abramov: «O‘runovning qarorini qo‘llab-quvvatlayman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Oston O‘runovning «Ufa»dan «Spartak» klubiga o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«O‘runov bilan uning «Spartak» klubiga o‘tishi masalasini muhokama qilmadik. Uning o‘z agentlari bor. O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi «Spartak» kabi buyuk jamoa a’zosiga aylangani men uchun yoqimli. Umid qilaman, ushbu transfer futbolchining o‘ziga ham, terma jamoaga ham manfaat keltiradi.

O‘ylashimcha, u «Spartak» safida munosib o‘yin ko‘rsatadi. Shu paytgacha "qizil-oqlar" safida o‘zbekistonlik bir necha nafar futbolchilar to‘p tepishgan. U o‘zbekistonlik futbolchilarning «Spartak»dagi an’anasini davom ettiradi.

Uning qarorini qo‘llab-quvvatlayman. Ehtimol, Oston muntazam o‘yin amaliyotiga bo‘lmasligi mumkin. Lekin uning iqtidori bor va uni «Spartak»da rivojlantira olsa yaxshi bo‘lardi.

Har bir mamlakatning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Bu yerda hech qanday murakkab narsa yo‘q. Agar Oston o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, O‘zbekiston terma jamoasida uning o‘rnini boshqa futbolchi egallaydi.

Oston bilan to‘qnash kelganmiz. Lekin men uni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yuborgan edim. U bilan hali bamaylixotir gaplashmaganmiz. U terma jamoani Kuper boshqargan paytda o‘ynagan.

O‘runovning insoniy sifatlariga baho bermayman, chunki u bilan yaqindan tanish emasman. O‘yin tomonlama esa O‘zbekistondagi faoliyati orqali kelajagi porloq ekani ko‘rinib turardi. Raqibni yaxshi aldab o‘ta oladi, yoshiga nisbatan jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib. Uning jamoasiga qarshi maydonga chiqqanimizda, u o‘yinni o‘ziga olishi, aldab o‘tishi va zarba bera olishini kuzatganman.

O‘runovning yoshi borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, u har bir o‘yinchi uchun alohida ahamiyatga ega. Kimdir kechroq o‘ynab ketadi, kimdir ertaroq. Bu borada oltin oraliq yo‘q. «Spartak»da o‘ynab ketsa, demak, barchasi to‘g‘ri bo‘lgan. O‘ynab keta olmasa, u holda uning «Spartak»ka o‘tishi uchun hali erta ekanini aytgan insonlar haq bo‘lib chiqadi», – dedi Abramov.

Manba: www.vseprosport.ru
Kiritildi: 18:28, 05.08.2020.
O'qildi: 3575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.