Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yaxyoxo‘ja Ulug‘o‘jayev: Bekxem va Kantonani ortda qoldirgan APLning yangi yulduzi

Yaxyoxo‘ja Ulug‘o‘jayev: Bekxem va Kantonani ortda qoldirgan APLning yangi yulduzi

Baho:
+ | -

Stadion.uz qishda amalga oshirilgan eng yaxshi transfer va u qo‘lga kiritgan yutuqlar haqida fikr almashadi. Anglaganingizdek, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh haqida gaplashamiz.

Brunu qayerdan paydo bo‘ldi?

Aslida Brununi ancha avval kuzatishga muvaffaq bo‘lganmiz. “Sporting” safida bir mavsumda 33 ta gol kiritishni uddalagan Fernandesh ko‘plab grandlar oromini o‘g‘irladi. Keyin, grand klub bilan shartnoma va qarabsizki ko‘p o‘tmay APL ham zabt etildi. Vaholanki, “Boavishta” klubi tarbiyalanuvchisi katta futbolga ilk qadamlarni Italiyaning “Novaro” klubida tashlagan. Keyin “Udineze” va “Sampdoriya” safida “A Seriya”da ko‘rinish bergan yarim himoyachi yillar davomida “qizil iblislar” darajasiga chiqib bordi.

Ochig‘i, Manchesterga ko‘chib o‘tish avvalroq sodir bo‘lishi mumkin edi, lekin 55 millionlik kelishuv faqat yanvar oyidagina amalga oshirildi. Portugaliyalik mavsumning ikkinchi qismini shunchaki fantastik ravishda boshladi. Keyin esa, pandemiya sababli futbol uchrashuvlari to‘xtatildi. Restartdan so‘ng, Brunu o‘z formasini yaxshi saqlab qolganini barchaga ko‘z-ko‘z qilishga tushib ketdi. Oqibatda, pleymeyker debyuti singari yorqin finishni ham namoyish etib berdi.

Dastlabki sovrinlar

Uning statistikasiga e’tibor qaratamiz. Brununing o‘zi ishtirok etgan uchrashuvlar sonidan ko‘ra, gol va assistlarining soni ko‘proq. Boshqacharoq qilib aytganda, qishki transfer oynasi yopilgach, hech kim APLda Brunu singari sermahsul bo‘lgani yo‘q. Hatto Kevin de Bryuyne ham. Hali APL tarixida qishda jamoaga kelgan bo‘lsa-da, 7 ta assist va 8 ta gol kiritgan futbolchi bo‘lmagan. Shunchaki ajoyib start!

Bejizga uni ikki bor “oyning eng yaxshi futbolchisi” deb atashmagan. To‘g‘ri, bu ulkan natija emas, biroq afsonaviy Roy Kin va Rayan Giggz butun faoliyati davomida atigi ikki bor oyning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan xolos. Eng ajablanarlisi shundaki, Devid Bekhem va Erik Kantona bu ko‘rsatkich borasida Fernandeshdan ortda qolib ketishdi. “Qizil iblislar”ning afsonaviy yettinchi raqam egalari safidan o‘rin egallashga qodir yangi nomzod paydo bo‘lgani tobora oydinlashib bormoqda. Shu o‘rinda uning “Sporting”da ko‘rsatgan sermahsulligini alohida qayd etish joiz. Sababi, aynan o‘sha mavsum sababli u bugun qizil libosda “Old Trafford”da to‘p tepmoqda. E’tiborlisi shundaki, u yangi jamoaga mavsum o‘rtasida kelib qo‘shilganiga qaramay ruhiy bosimga dosh bera oldi. Bundan tashqari, qisqa muddat ichida o‘yinni o‘ziga olishni va natija keltirishni boshladi. Bu esa, Sulsher jamoasining APLda o‘z o‘rnini tiklab olishiga turtki berdi. E’tibor qaratgan bo‘lsangiz, jamoa so‘nggi 14 ta o‘yinning 9 tasida g‘alaba qozondi. Yana 5 ta uchrashda ochkolar bo‘lib olindi. Bu restartdan so‘ng, APLdagi eng yaxshi natija bo‘lib qoldi. Ushbu natijani APLning boshqa grandlari bilan solishtiradigan bo‘lsak, “MYU”ning ustunligi ko‘zga tashlanadi. Misol uchun, futbol qaytgach “Liverpul” 3 marotaba, “Siti” 4 marotaba mag‘lub bo‘ldi. Bundan tashqari, Brunu kelgach, “Manchester Yunayted” atigi 7 ta gol o‘tkazib yubordi va raqiblari darvozasini 30 bor ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Brununing transferi restartdan so‘ng “Manchester Yunayted”ning APLdagi eng yaxshi jamoa bo‘lishiga va eng muhimi YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ko‘mak berdi. Endilikda, jamoa Yevropa Ligasida zafar quchmay turib ham kelasi mavsumda YECHLda ishtirok etish huqiqiga ega. Shunga qaramay, Sulsher ushbu musobaqada jamoasi fovarit ekanligini yashirib o‘tirmayati.

“Sovrinni qo‘lga kiritishimiz uchun 4 ta o‘yin qoldi. Biz mavsum davomida o‘sib bordik va yakunda chempionatni 3-o‘rinda tugalladik. Endilikda maqsadimiz mavsumni sovrin bilan yakunlash. Yigitlarim futbolni sog‘inishgan. Ular yana bo‘sh qolishni istashmayapti”.

Ustunliklari

Endi maqolaning ikkinchi qismiga o‘tamiz. Gap shundaki, Yevropa Ligasida g‘alaba qozonish Sulsher o‘ylaganichalik oson ish emas. To‘g‘ri, musobaqa boshlangach, Brunu asosiy tarkibda bo‘lishi aniq. Sababi, so‘nggi o‘yinlardagi g‘alabalarda uning hissasi juda ulkan. Aynan u sovuqqon jamoaning o‘yniga kreativlik olib kirdi. U zamonaviy “Manchester Yunayted”ning tom ma’nodagi “fantazista”siga aylandi desak, adashmagan bo‘lamiz. Tan olish lozim, Marsial markazga ko‘chirilmaganiga qadar “qizil iblislar” hujumi juda oqsadi. De Xeaning “qovun tushirishlari” Roy Kinning o‘tkir so‘zlariga sabab bo‘ldi, lekin endi vaziyat ancha o‘zgardi. Ayni damda, “qizil ibislar” Pol Skoulz singari yarim himochiga muhtoj bo‘lsada, Brunu uning o‘rnini egallay olmaydi. Sababi, uning o‘yinida Italiya futbol maktabi ufurib turadi. Chiroyli uzatmalar, uzoq masofaga kroslar va boshqa ko‘plab mayda detallar Brununi 21-asrdagi eng kuchli pleymeykerlardan biriga aylantirib bormoqda. Skoulzning o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan Pogba allaqachon muxlislar e’tiboridan qolishga ulgurgan. Shu sababli Sulsher Pogbadagi kamchilikni Brunu bilan berkitishga urinib ko‘radi. Hozircha, bu ish o‘z samarasini bermoqda. Sababi, Marsial aniq uzatmalar yetib kelishni boshlagach, gollar kiritmoqda. Reshford va Grinvudesa yangi darajaga chiqib borishmoqda. Tan olish lozim, “qizil iblislar” bu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishi uchun Brununi avvalroq xarid qilish lozim edi. Ana shunda balki bugun vaziyat biroz o‘zgacharoq ko‘rinish olgan bo‘larmidi?

To‘g‘ri, “qizil iblislar” ham Fernandesh bilan ideal futbol namoyish etishgani yo‘q. Angliya Kubogida “Chelsi”ga imkoniyat boy berildi. Keyin “Arsenal”ga qarshi klassik to‘qnashuvda sovrindan quruq qolishdi. Ochig‘i, “Lester” va “Vest Xem”larga qarshi o‘yinlarda ham aytarli karomat ko‘rsatishgani yo‘q. Shunga qaramay, Brunu fevralva iyuntoylarida oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga munosib o‘yin namoyish etdi.

Brununing yutuqlaridagi eng muhim omil shundan iboratki, u maydonda juda to‘g‘ri fikr yuritadi. Maydon markazida balansni ushlab turish uchun intelekti juda yuqori bo‘lgan yarim himoyachilar zarur. Aynan shunday yarim himoyachilar orasiga Fernandeshni qo‘shib qo‘yishimiz mumkin. Har bir o‘yinda o‘rtacha 2,1 ta keskin uzatma va 55 ta pas. Bundan tashqari, o‘yin davomida 3,1 ta aniq zarba va 1,6 bor to‘p uchun kurashda g‘olib chiqqan Brunu statistika borasida ham maqtana oladi. Qahramonimiz uzoqdan zarba yo‘llashi, burchak to‘pi va turli standartlarni mukammal ado etishi mumkin. Boshqacharoq qilib aytganda, u hamma narsani biladi va ijro etadi.

Kamchiligi

Afsuski, har qanday ustunlikning o‘ziga xos manfiy tomoni mavjud. Gap shundaki, Brunu erkin ijodkor. U maydon markazini bir o‘zi harakat qilishga o‘rgangan. Shu sababli Sulsher uning jismonan toliqib qolishidan xavfsiramoqda. Achinarlisi shundaki, Brununing jismoniy imkoniyatlari intellekti bilan hamohang darajda emas. Shu sababli, uni ortiqcha bosimdan xalos qilish uchun MakTominey, Fred, Pogba va Matichko‘proq ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Undagi ushbu kamchilik sababli Italiya grandlaridan takliflar kelib tushmagan. Brunu jismonan ancha zaif bo‘lgani uchun ham doimo fantastik sermahsullik namoyish eta olmaydi. “Manchester Yunayted”dagi ajoyib starti ostida uzoq yillik tajriba yotibdi. Endi Sulsher undan kerakli paytda foydalinishni o‘rganishi lozim. Brunu kuzda 26 yoshni qarshi oladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, u endigina o‘zining pik formasiga chiqib kelmoqda. Bu ham adaptasiyaning tezda amalga oshishiga ko‘mak bergani rost. Agar Brunu xarid qilinmaganida, jamoa APLni uzog‘i bilan 7-pog‘onada yakunlagan bo‘lar edi. Aynan uning o‘yini De Xeaning qo‘pol xatolari va markaziy himoyadagi tartibsizlikni taktik yo‘l bilan berkitib yuborishga ko‘mak berdi. U kelguniga qadar (2-fevral) klub 7-8-o‘rinlarda borayotgan edi.

Futbolda birgina ijrochi jamoaning o‘yini o‘zgartirishga majbur qilishi ko‘p bor kuzatilgan. Misol uchun Portugaliya terma jamoasida Brunu o‘zini ko‘rsatishi juda mushkul. Sababi, u yerda deyarli barchasi Ronalduning atrofida qurilgan. Standart va penaltilarga umid qilmasa ham bo‘ladi. Shu sababli Brununi dunyo darajasidagi yulduz bo‘lishini kutish noo‘rin. O‘z vaqtida Skoulz ham Angliya terma jamoasiga moslasha olmagani kabi Brunu ham Portugaliya terma jamoasida yorqin o‘yin ko‘rsata olmaydi. Brunu aynan bir jamoa va aynan bir uslubdagi jamoaga ideal mos tushgan yarim himoyachi. Shunday bo‘lsada, bugun biz APL tarixidagi eng zo‘r qishki transferga aylangan futbolchi haqida suhbatlashdik.

Quvonarlisi shundaki, u o‘sishda davom etmoqda. O‘zini yanada takomillashtirish ilinjidagi yigitning maydonda yaratayotgan hujumlaridan zavq oling! Uning o‘yin manerasi ko‘proq David Silvani eslatib yuboradi. Ispaniyalik futbolchi 10 yil davomida “Siti”ning bog‘lovchisi vazifasini bajardi va 14 ta katta sovrinni qo‘lga kiritdi. Endilikda, Brunudan ko‘proq narsa talab qilinadi. Sababi, Sulsher uni bog‘lovchi emas, jamoa motori sifatida ko‘rmoqda. Agar, qahramonimiz bu ishni uddalay olsa tez orada “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasining emas, YECHL oltin medallarining asosiy da’vogariga aylanadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:16, 13.08.2020.
O'qildi: 4391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.