Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Messi vs «Bavariya» qarshiligi

Messi vs «Bavariya» qarshiligi

Baho:
+ | -

Tarkibida Messi bo‘lgan jamoani, qanday muammolar girdobida qolmasin, hatto o‘sha muammolarning sababchisi Messining o‘zi bo‘lgan taqdirda ham — biror raqibga qarshi "aniq yutqazadi" deb taxmin qilib bo‘lmaydi. Hatto o‘sha raqib "Bavariya" bo‘lsa ham.

Messi xuddi "Napoli" bilan yoki "Liverpul" bilan o‘tgan yili "Kamp Nou"da, yoki shu "Bavariya" bilan bir necha yil oldin bo‘lganidek, bir nechta epizodni o‘z foydasiga hal qilishi mumkin. Uyog‘iga "Barselona" eplaydi.

"Bavariya"ning bugungi muvozanatli tarkibi, pressingi, to‘p nazorat qilishi, bir qator iqtidorli yoshlari, to‘purar Levandovskisi, ajoyib kayfiyati, bir necha yillik orzusiga qarshi bugungi "Barselona" faqat bir faktorni qo‘ya oladi - Messini. Boshqa jabhalarda kataloniyaliklar kuchsiz. Faqatgina Messi o‘zining eng yuqori darajasini namoyish qilsagina, menimcha, "Barselona"da imkoniyat paydo bo‘ladi.

Albatta, bir o‘yinchi bir jamoa o‘yinini tubdan yaxshilay olmaydi. Ammo o‘sha o‘yinchi jamoaning g‘alaba uchun imkoniyatlarini bir necha barobar oshira oladi.

Demak, bugungi chorak final o‘yinida kim yaxshiroq o‘ynashi, kim ko‘proq hujum qilib, vaziyat yaratishi aniq — "Bavariya".

Ammo kim yutishi ma’lum emas.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 12:32, 14.08.2020.
O'qildi: 6541 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.