Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Smoling qaytadimi?

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Kris Smolling o‘z faoliyatini “Lester”da davom ettirishi mumkin.

himoyachi bu mavsumni “Roma” safida o‘tkazdi va 30 ta o‘yinda maydonga tushdi. “Manchester Yunayted” ijaradagi futbolchisini ortga qaytarish niyatida emas, shu sababli uning transferi borasida istalgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

“The Sun” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Smolling bilan “tulkilar” shartnoma tuzish niyatida.

Manbaning ma’lum qilishicha, “tulkilar” Kris uchun 25 million yevro taklif qilmoqchi.

“Verder” Chongni qo‘lga kiritadimi?

 

Manchesterning “Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Tait Chong faoliyatini “Verder” klubida davom ettiradi.

Bu haqida “Bild” nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, “musiqachilar” Chongni bir mavsumga ijaraga olishni rejalashtirgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Bremen klubi 20 yoshli futbolchini sotib olish huquqini qo‘lga kirita olmadi.

“Roma” uni sotishga tayyor

 

Rimning “Roma” klubi o‘z hujumchisi Edin Jeko borasida istalgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qildi.

“Calciomercato” nashrining ma’lum qilishicha, “bo‘rilar” o‘z hujumchisini 15 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor.

Manbaning ma’lum qilishicha, Jeko bilan “Inter” va “Yuventus” klublari jiddiy qiziqib qolgan. Bosniyalik hujumchi ortda qolgan mavsumda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol + 11 ta assistni yozdirib qo‘ydi.

PSJ hujumchi izlamoqda

Parijning PSJ klubi jamoani tark etgan Edinson Kavanini o‘rnini egallashga qodir hujumchi izlashni boshlab yubordi.

“Footmercato”ning ma’lum qilishicha, parijliklar nishonida “qizil iblislar” forvordi Odion Igalo turibdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “qizil iblislar”da ijara asosida to‘p suarayotgan futbolchining transferi borasida PSJ “Shanxay Shenxua” klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

“Dinamo” futbolchisi “Inter”da?!

 

Ukrainaning “Dinamo Kiyev” klubi himoyachisi Vitaliy Mikolenko o‘z faoliyatini Milanning “Inter” jamoasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marsio bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, “Inter” “Chelsi” futbolchisi Emersonning transferini amalga oshira olmasa, bor e’tiborini 21 yoshli Mikolenkoga qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vitaliy bilan “Roma” jamoasi qiziqish bildirgan edi. “Dinamo” klubi o‘z futbolchisini 35 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

“Bayer” norozi

Leverkuzenning “Bayer” klubi Kay Havertsni qo‘lga kiritish niyatidagi klublarni ogohlantirdi.

“Bild” nashri jurnalisti Kristian Falkaning ma’lum qilishicha, nemis klubi Kayni qo‘lga kiritishni istagan jamoa 28-avgustdan kech qolmasligi lozim. Aks holda, “Bayer” uni transferga qo‘yishdan bosh tortadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Bayer” shu yo‘sinda Kayning e’tiborini kelasi mavsumga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishga qaratishni reja qilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:45, 16.08.2020.
O'qildi: 15757 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.