Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Nurillo To‘xtasinov: "Jaloliddinov "Bunyodkor"ning asosiy figuralaridan biri edi"

Nurillo To‘xtasinov: "Jaloliddinov "Bunyodkor"ning asosiy figuralaridan biri edi"

Baho:
+ | -

Toshkentning "Bunyodkor" klubi Superliganing 10-turida "Metallurg"ga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi "qaldirg‘ochlar"ning ikki goliga ham yarim himoyachi Nurillo To‘xtasinov mualliflik qildi. O‘yindan keyin Nurillo o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Bu bizning restartdan keyingi ikkinchi o‘yinimiz edi. Sekin asta o‘z formamizga qaytyapmiz. Birinchi bo‘limda o‘ynimiz o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda esa murabbiyning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda maqsadimizga erishdik.

Raqib haqida

– "Metallurg" ham kuchsiz jamoa emasdi. Ayniqsa, bekabodliklar bu mavsum yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda. Bu o‘yinda birinchi golni urgan jamoa g‘alaba qozonardi va biz buni uddaladik. Bizga g‘alaba juda zarur edi, sababi bir tur avval "Buxoro" bilan durang o‘nagandik.

Jaloliddinovning ketishi

– Albatta, uning ketishi jamoamizga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Chunki u "Bunyodkor"ning asosiy figuralaridan biri edi. Ammo jamoada Jasurning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchilar bor. Uning faoliyatiga omad tilayman.

Jamoaning bu mavsumdagi maqsadi

– "Bunyodkor" doim yuqori o‘rinlar uchun kurashadi. Maqsadimiz kuchli uchlikka kirish.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:56, 19.08.2020.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик