Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Romelu Lukaku Yevropa ligasi rekordini yana yangiladi

Romelu Lukaku Yevropa ligasi rekordini yana yangiladi

Baho:
+ | -

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku Yevropa ligasi finalida "Sevilya" darvozasiga gol urib, o‘ziga tegishli rekordni yana yangiladi.

Belgiyalik forvard Yevropa ligasining ketma-ket 11ta uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Lukaku "Inter" safida Yevropa ligasi doirasida 6ta o‘yinda 7ta gol urdi. Avvalroq futbolchi turnirning 1/16 final bosqichida bo‘lib o‘tgan «Ludogores»ga qarshi har ikkala o‘yinda (2:1, 2:0), keyin esa «Xetafe»ga qarshi nimchorak final bahsida (2:0), chorak finalda «Bayer»ga qarshi uchrashuvda (2:1) hamda "Shaxtyor"ga qarshi yarim final bahsida (5:0) ham gol urgan edi.

"Inter" joriy mavsumni Chempionlar ligasida boshlab, guruhda 3-o‘rinni egallagani uchun o‘z ishtirokini Yevropa ligasida davom ettirdi.

Lukaku so‘nggi marta 2014/2015 yilgi mavsumda «Everton» safida Yevropa ligasida ishtirok etganida, guruh bosqichining 5-turidan boshlab, chorak final bosqichi uchrashuvlariga qadar ketma-ket 5ta o‘yinda 8ta gol urgan edi.

27 yoshli Lukaku joriy mavsumda "Inter" safida barcha musobaqalar doirasida 51ta o‘yinda maydonga tushib, 34ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Uning "neradzurri" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan.

Yevropa ligasidagi golli o‘yinlar seriyasi bo‘yicha ikkinchi natija Alan Shirerga tegishli bo‘lib, u ketma-ket 8ta uchrashuvda gol urgan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:45, 22.08.2020.
O'qildi: 3153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.