Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Belarus chempionati. «Energetik-BGU» yirik hisobda g‘alaba qozondi: Umarovdan gol+assist

Belarus chempionati. «Energetik-BGU» yirik hisobda g‘alaba qozondi: Umarovdan gol+assist

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining 22-turi doirasida «Energetik-BGU» klubi o‘z maydonida «Smolevichi»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik hujumchi Shahboz Umarov jamoasining g‘alabasiga salmoqli hissa qo‘shdi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida hamyurtimiz ikki himoyachini aldab o‘tib, 14 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Umarovning qanotdan yetkazgan uzatmasidan so‘ng Bakich bosh bilan darvozani zabt etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Shahboz raqib jarima maydoni ichida darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda qoldi va bergan zarbasi unchalik kuchli chiqdi. To‘p esa ustunga tegib qaytdi va Musaxanyan uni darvozaga joylab qo‘ydi.

Bahs tugashiga 12 daqiqa qolganida mehmonlar bitta javob to‘pini kiritishgan bo‘lsa, o‘yin so‘ngida Bakich "Energetik"ning to‘rtinchi golini urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 4:1.

Shu tariqa, "talabalar" beshta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyadan keyin 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Belarus chempionati, 22-tur
Energetik-BGU – Smolevichi 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 23 Umarov, 2:0 – 32 Bakich, 3:0 – 53 Musaxanyan, 3:1 – 78 Makarov, 4:1 – 89 Bakich.
Energetik-BGU – Makavchik, Mavatu (Girs, 77), Yudchis, Sokol, Svirepa, Bakich (Atemeng, 89), Nosko, Sovpel, Umarov, Miroshnikov, Musaxanyan (Muxamedov, 76).
Smolevichi – Lazovskiy, Alibekov (Gurban, 77), Xalimonchik, Rashenya, Rodionov (Xankevich, 46), Shegrikovich, Makarov, Jigero (Aleksandrovich, 66), Demchenko, Jevnerov, Lojkin.
Ogohlantirishlar: Lojkin (68), Jevnerov (72).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:03, 22.08.2020.
O'qildi: 4913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик