Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Maguayrni qanday jazo kutmoqda?

Maguayrni qanday jazo kutmoqda?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Xarri Maguayr Gresiya polisiyasi bilan mojaroga borgani uchun qamoq jazosidan qutulib qolishi mumkin. "The Sun" tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi yirik miqdorda jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi himoyachisi Gresiyaning Mikonov orolida dam olayotgan paytda hibsga olingan edi. Futbolchi avvaliga ingliz turistlari bilan "san-man"ga borgan, keyin esa voqea joyiga yetib kelgan polisiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan. Bundan tashqari, OAVga ko‘ra, Maguayr qoidabuzarlik uchun jarimani joyida to‘lamoqchi bo‘lgan, lekin uning xatti-harakati pora berish sifatida baholangan.

Britaniya matbuoti tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi ta’til paytida doimo "ichgan". 23 avgust kuni Maguayr Gresiyadagi sud binosiga tashrif buyurgan va o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlarni rad qilgan. 25 avgust kuni yana bir sud bo‘lib o‘tadi. Lekin unda futbolchining manfaatini uning advokati himoya qiladi. Xarri esa Angliyaga qaytadi.

Sportchini qamoq jazosi kutayotgan bo‘lishi mumkin. Advokatning "Sunday Mirror"ga ma’lum qilishicha, mazkur qoidabuzarlik uchun maksimal muddat 7,5 yilni tashkil etishi mumkin. Lekin bu yerda gap 3 yillik qamoq jazosi haqida ketmoqda.

Gresiya qonunlariga ko‘ra, 3 yilgacha bo‘lgan har qanday qamoq jazosini jarimaga almashtirish mumkin. Jarima miqdorini esa sud belgilaydi. Bir kunlik jarima miqdori 5 yevrodan 100 yevrogacha yetishi mumkin. Nazariy jihatdan Maguayr 3 yillik jazo uchun taxminan 90-100 ming yevro to‘lab, qamoqdan qutulib qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining haftalik maoshi 190 funt sterlingga teng.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:12, 23.08.2020.
O'qildi: 4338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.