Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ro‘ziqul Berdiyev: «Tayyor uch ochkoni qo‘ldan chiqardik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Tayyor uch ochkoni qo‘ldan chiqardik»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – «Bunyodkor» o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Chunki, o‘yinda ham, hisobda ham oldinda borayotgan edik. Lekin, oxirgi 20 daqiqada e’tiborni yo‘qotdik. Ayrim o‘yinchilarimiz pozision xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Buning evaziga tayyor uch ochkoni qo‘ldan boy berdik. Juda alamli durang. Hozir futbolchilarimiz bilan nima yo‘qotganimizni gaplashib oldik, ular barchasini tushunishdi deb o‘ylayman.

"Bunyodkor" bilan o‘yinda uch ochko olishimiz shart edi. Boisi turnir jadvalidagi eng yaqin yonma-yon ketayotgandik. Ikki jamoada ham g‘alabaga bo‘lgan xohish kuchli bo‘ldi. "Bunyodkor" ham, "Nasaf" ham g‘alaba uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdi.

E’tiborni yo‘qotganimiz bizning katta xatomiz bo‘ldi. Yana ham hujumga berilib ketdik. «Bunyodkor» tavakkal qilib ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tdi. Qaysidir vaziyatda futbolchilarimiz diqqatni yo‘qotdi. Balki, natija uchun o‘ynashimiz kerak edi. Futbolchilarim yana hujumga o‘tib ketaverdi. Orqa chiziqda kuchlarini yo‘qotib qo‘yishdi. Rejamizda hisob ushlanib turganda oxirgi daqiqalarni beshta himoyachi bilan o‘tkazmoqchi edik. Ammo, bunday bo‘lmadi. 2:1 paytida G‘olib G‘aybullayev jarohat olib qoldi. Natijada yana to‘rtta himoyachi bilan o‘ynashga majbur bo‘ldik.

Hisobni saqlab qolish, o‘yin tempini tushirish borasida ko‘rsatma bermadik. Bu narsani hech qachon qilmaymiz ham. Qanchalik o‘yinni cho‘zganingiz bilan futbolchi o‘sha vaqtda tempni yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Bu ham zararga ishlaydi. Ataylab vaqt cho‘zishni o‘ylamadik. Faqat hisobni ushlab qolish uchun beshta himoyachi bilan harakat qilishni reja qilgandik. Uchinchi markaziy himoyachini tushayotganda futbolchi jarohat olib qoldi. O‘ylagan rejamiz amalga oshmadi. Standart vaziyatda ularni foydasi tegardi. Birinchi bo‘limdan keyin futbolchilarimga raqib hujumga o‘tib ketganidan foydalanishni, orqada bo‘sh hududlar paydo bo‘lishini ta’kidladim. O‘sha maqsadda Kenjaboyevni tushirdik. Afsuski, u ham bahsga kirishib keta olmadi.

O‘yin boshidagi to‘xtalish haqidagi savol menga emas. Lekin, vaqtni cho‘zilishi futbolchilarga katta ta’sir qilmadi. Ikki jamoa ham bir xil holatda edi. Bu bahona bo‘la olmaydi”, — deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:07, 24.08.2020.
O'qildi: 2864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.