Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Viktor Kumikov: "Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim"

Viktor Kumikov: "Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim"

Baho:
+ | -

"Andijon" jamoasi Superliganing 12-turida "Qo‘qon-1912"ga qarshi maydonga tushdi va so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan keyin "burgutlar" bosh murabbiyi Viktor Kumikov saytimiz uchun maxsus intervyu berdi.

– Dastlab, bugungi o‘yin haqidagi fikrlaringizni bildirib o‘tsangiz

– Avvallo chiroyli o‘yin namoyish etgani uchun yigitlarimga rahmat aytmoqchiman.  Afsuski, omad biz tomonda bo‘lmadi. G‘alaba qozonish uchun gol urish kerak, lekin biz buni uddasidan chiqa olmadik.

– Uchrashuv yakuniga yaqin "Andijon" darvozasi tomon belgilangan penalti haqida nima deya olasiz?

– Penalti aniq yo‘q edi. Videoda buni ko‘rishingiz mumkin. Hakam penaltinini o‘ylab topdi. Hech qanday qoida buzarsiz to‘pga kurash bo‘lgandi, biroq hakam pul ishlashga harakat qilgandir..., chunki durang hakamning xatosi bo‘lardi.

– Jamoaning hujumda ishlari yurishmayapti. Nega haligacha kuchliroq forvard xarid qilinmadi?

– Pul yo‘q! O‘tgan yilgi qarzlar kimnidir xarid qilishga imkon bermaydi.

– Jamoaga yana qaytarilgan Shaxboz Jumaboyev haqida qanday fikrdasiz? U jamoaning hujumdagi ishlarini o‘zgartira oladimi?

– U hujumchilarda bor barcha xususiyatlarga ega, ammo Jumaboyev anchadan buyon o‘ynamadi va bunday vaziyatda mahorat yo‘qoladi. 

– "Andijon" bu mavsum haligacha g‘alaba qozona olmadi. Bu sizni xavotirga solmayaptimi? 

– Albatta, xavotirga solyapti. Ammo hammasi ham murabbiy yoki futbolchilarga bog‘liq emas.  Ko‘p narsa gapirishni biladigan, ammo bajarmaydigan klub rahbariyatga ham bog‘liq. 

– Legioner mahalliy futbolchidan bir bosh ustun bo‘lishi kerak, biroq "Andijon" jamoasidagi legionerlar ajralib turmayapti. Ularga javobini berish vaqti kelmadimi?

– Gapingiz to‘g‘ri, biroq bularning birortasini jamoaga men olib kelmaganman. Bularning barchasi menga "meros" sifatida o‘tdi. Men esa bor mahsulotdan taom tayyorlashim kerak. 

– Keyingi o‘yin "Paxtakor" bilan. Shota jamoasining bugungi yirik g‘alabasi sizni tashvishga solmayaptimi?

– Yo‘q bundan tashvishda emasman. Rahbariyatning jamoaga bo‘lgan munosabati meni ko‘proq o‘ylantirmoqda. Ular ma’suliyatsiz. Bunday anarxiyaga birinchi marta duch keldim, hatto 90 yillar futboli bilan taqqoslaganda ham. 

– Tushunishim bo‘yicha, jamoadagi holat, va rahbariyatning qarorlari  sizga manzur kelmayapti. Unda iste’foga chiqing?!

– O‘ylaymanki, yaqinda shunday qilaman.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:08, 25.08.2020.
O'qildi: 6527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик