Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Messi uchun “kimoshdi...“

Messi uchun “kimoshdi...“

Baho:
+ | -

So‘nggi vaqtlarda “Barselona“ osmoniga yopirilgan qora bulutlarning tarqalishi qiyin bo‘lyapti. Jamoaga, klubning niderlandiyalik afsonasi kelishi esa, ushbu bulutlar orasidan birrov mo‘ralagan “quyosh“ bo‘lib turibdi, hozircha. Bulutlar esa yanada quyuqlashib kuchli yomg‘irni olib kelyapti, hatto dahshatli chaqmoq chaqish arafasida. Bir biri bilan et va tirnoqdek bo‘lib ketgan Messi, "Barsa"dan ketishi haqidagi xabarlar yorug‘lik tezligida tarqaldi. Shundog‘am “quvilayotgan“ Suares, Vidal, Rakitichlar qatoriga endi Leo qo‘shildi.

Tabiiyki, vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganlar va katta xaridorlar ham yo‘q emas.
O‘ziga xos “kimoshdi“ga “Manchester Siti“, "Yuventus", “Inter“, “PSJ“ va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra “Manchester Yunayted“ ham qo‘shilgan. Agar, rasman Messi uchun chiqish eshiklari ochilsa, argentinalik futbolchining tanlovi kim uchun ko‘proq manfaatli bulishi mumkin?

“Manchester Siti“ hujumchiga bir ikki yil avval ham “og‘iz solgan“ ammo, o‘sha paytlar ahvol ancha yaxshiligi bois, Messining klubdan ketishini tasavvur qilib bo‘lmasdi. Hozir esa vaziyat boshqacharoq va har galgidan jiddiy. Ham chempionat, ham jamoa mavqei jihatidan, Man Siti ancha muqobil. Lekin, hozirgi vaziyatda Gvardiola har qanday sovrin uchun jiddiy kurash olib boradigan, kuchli raqobat taklif etadigan jamoa shakllantirib, karyerasi mobaynidagi Messidan keyingi muhim figuralarini “shaharliklar“ safida ham topib bo‘lgan. 4 yil ichida, ketma-ket, ikki karra mamlakat chempionligi so‘zimizning isboti. Balkim, YECHL ushbu transferga yetarlicha vaj bo‘la olar, lekin ispaniyalik mutaxassis yaqin yillarda Messisiz ham buning uddasidan chiqa oladigan darajada potensialga ega. Nima bo‘lganda ham eski qadrdonlarning yana topishib olishi jamoa uchun yoqimli bo‘lishi mumkin, raqiblari uchun esa aksincha...

Garchi, katta bo‘lsada, bu haridga “Inter“ning yosh rahbari Stiven Zangning o‘zi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ammo, futbolchining 700 milliondan iborat tovon puli, biroz muammolarni keltirib chiqaradi, ko‘p ehtimol.

Bordiyu, amalga oshsa, bu avvalo, jamoa imidjiga yaxshi ta’sir etishi, natijalar borasida, yetakchi o‘rinlarni qaytarib olishi, yevrokuboklar g‘olibligini ta’minlashi shubhasiz.

Ayni paytda yosh hamda yangi iste’dod va iqtidor egalari asosiga qurilayotgan Ole Gunar Sulsherning jamoasi bunday katta shov-shuvdan biroz uzoqroq ekanligi qolaverasa, Angliyadan Messiga da’vogarligi ko‘proq hozircha, bitta jamoa ko‘rinayotgani barchaga ayon.
Lekin, muqaddam ko‘plab yulduzlar to‘p surgan “Old Trafford“da Messi uchun ham sharafli o‘rin topiladi, albatta.

Tovon puli borasida muammoga duch kelmaydigan, yana bir maqbul klub “PSJ“.
Leoning Parijga kelishi avvalo, UEFAning yaqindagina tuzgan yevropa milliy ligalarining 2019-2020- yilgi reytingida so‘nggi o‘rinni egallagan “Liga 1“ mavqeyini anchayin oshiradi, xuddi Krishtanu Ronaldu va “A Seriya“ bilan bo‘lgani kabi. Futbolchining darajasi haqida gap ketganda, Messi yana 2 yoki 3 yil mana shunday yuqori tempda o‘ynay oladi. Parijliklarda esa yutilishi kerak bo‘lgan titullar borasida, tepada sanab o‘tilgan jamoalar bilan o‘rtada boshliqlar bor. Shu yaqin yillarda esa ushbu balansni tiklab olish imkoniyati mavjud. Ammo, ichki chempionatda ma’lum raqobatchilar, prinsipial raqiblarning deyarli yo‘qligi futbolchining darajasi, salohiyatiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Ungacha esa, Messi, Neymar Mbappedan iborat “ajaliy“ trio azaliy muvaffaqiyatlarga olib borishi mumkin.

So‘nggida, xulosa o‘zingizdan:

1—“Kemachilar“ ushbu “matros“ xizmatlariga qanchalik muhtoj?

2—Ispaniyadagi duel Italiyaga ko‘chsa, uning qiymati va shiddati avvalgidek bo‘ladimi?

3—MYU Ronalduning xotirotlarini unutadimi?

4—“PSJ“ga shu kifoyami?!

Dadajon Foziljonov

Kiritildi: 10:14, 26.08.2020.
O'qildi: 15907 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.