Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Maguayr Gresiyada nima yuz berganini aytib berdi

Maguayr Gresiyada nima yuz berganini aytib berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr Gresiyada qanday voqea yuz berganini aytib berdi.

«Birinchidan, bizni o‘g‘irlashdi deb o‘yladim. Biz tiz cho‘kdik va qo‘limizni yuqoriga ko‘tardik. Ular esa bizni urishni boshladi. Ular mening oyog‘imga urib, mening futbolchilik faoliyatim yakunlanganini aytishdi. «Endi hech qanday futbol o‘ynamaysan». O‘shanda men bu aniq polisiya emas, deb o‘yladim. Shuning uchun ulardan qochishga harakat qildim. Men shunday sarosima va qo‘rquvda edimki, o‘z hayotim uchun qo‘rqib ketdim», — dedi Maguayr.

Futbolchining aytishicha, mojaro polisiya bo‘limi yaqinida yuz bergan. U o‘zining singlisi Deyzini shifoxonaga olib bormoqchi bo‘lgan edi. Chunki Deyziga ikki erkak kishi yaqinlashganida u hushidan ketishni boshlagan. Maguayr, shuningdek, polisiyaga pora berishga harakat qilganini inkor qilmoqda.

«Bu shunchaki dahshat. Qachondir yana shunday holatga duch kelishni istamasdim. Hech kimga buni ravo ko‘rmayman. Hayotimda ilk marta qamoqxonada o‘tirdim.

Kimdandir kechirim so‘rash kerak, deb o‘ylamayman. Siz qandaydir noto‘g‘ri ish qilsangiz yoki nimadandir afsuslansangiz, kechirim so‘raysiz. Men bunday vaziyatga tushib qolganimdan afsusdaman. Men jahondagi eng katta klubda o‘ynayman va muxlislarni bunday ahvolga solib qo‘yganimdan afsusdaman.

Men Gresiya qonunlariga ishonaman. Takroriy sud bizga tayyorgarlik ko‘rish, dalillarni jamlash va guvohlarni sudga olib kelish uchun ko‘proq vaqt beradi. Haqiqat yuzaga chiqishiga ishonaman», — dedi Maguayr.

Seshanba kuni sud Maguayr, uning akasi Jo va do‘sti Kristofer Shermanni 21 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:17, 28.08.2020.
O'qildi: 5802 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик