Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Tyago “Liverpul”ga o‘tadimi? Klopp javob berdi

Tyago “Liverpul”ga o‘tadimi? Klopp javob berdi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Liverpul” klubi murabbiyi Yurgen Klopp “CervusTV” nashri uchun bergan intervyusida klubning transfer siyosati va kelajakdagi rejalari haqida fikr bildirdi.

Yurgen Klopp:

“Aslida mening qiziqishlarim doirasiga tushib qolgan futbolchi bo‘lsa, uni yashirib o‘tirish istagim yo‘q. Tan olaman, mening rejamda bir nechta ajoyib futbolchilarni klubga jalb etish bor. Ular orasida Tyago ham mavjud. U chinakam yaratuvchi futbolchi. Uning maydonda bajarayotgan ishi “Bavariya”ni yanada kuchli bo‘lishiga yordam bermoqda.

Bu omil final o‘yinida ham yaqqol ko‘zga tashlandi. Afsuski, barchasini mening istaklarim hal etmaydi. COVID-19 sababli endilikda har bir qarorimizni besh bor o‘ylab ko‘rishimiz lozim. Ana shundagina, og‘ir vaziyatdan to‘g‘ri yechim chiqarishimiz mumkin. Bunday pallada moliyaviy muammolardan qochishga majburmiz. Shu sababli, menga transferlar uchun qancha pul ajratilishidan xabarim yo‘q.

Kelajakda nima ro‘y berishi noma’lum, lekin ayrim jamoalarni bu omil sira cho‘chitmayapti. Masalan, “Chelsi” transfer bozorida juda faol (kuladi) bo‘lmoqda. Bu yaxshi albatta. Buni tanqid qilish mening vazifamga kirmaydi. Ularning kelajakka ijobiy ko‘z bilan tikilmoqda deb hisoblayman.

Shunga qaramay, men o‘z jamoamdan yuz foiz qoniqyapman. Ayni damda, meni kelasi mavsumda “Liverpul” qanday ishtirok etishi transferlardan ko‘ra ko‘proq qiziqtirmoqda. Agar transferlar uchun imkon paydo bo‘lsa, biz bu imkoniyatdan albatta foydalanamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:21, 28.08.2020.
O'qildi: 4753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик